Matbuot sharhlari 02.12.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1914049
Matbuot sharhlari 02.12.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an, investorlarni Turkiyaga taklif qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 2022 - yilning uchinchi choragidagi o‘sish ko‘rsatkichlari Turkiyaning to‘g‘ri yo‘lda ekanidan dalolat berayotganini qayd etdi. Erdo‘g‘an, “Dunyoning qayeriga borishimizdan qat’iy nazar, suhbatdoshlarimizga birgalikda ishlashni taklif qilyapmiz. Taklifimiz ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash, eksport qilish orqali yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishni istagan hammaga ochiq”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Milliy Xavfsizlik kengashidan quriqlik harakati haqida ma’lumot. Prezident Erdo‘g‘an raisligida Prezidentlik kulliyasida kecha o‘tkazilgan MXK yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilingan bayonotda, mintaqamizda hech qanday terror tashkilotiga yo‘l qo‘yilmasligi va ularning faoliyat yuritishiga aslo ruxsat berilmasligi hamda buning uchun kerakli har qanday cho‘ra ko‘rilishi qayd etildi.

Haber Türk gazetasi: Hulusi Akar ittifoqlarini PKK/KJK/YPG masalasida ogohlantirdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, PKK/KJK/YPG terror tashkilotining oxirgi vaqtlarda tinch aholiga qarshi hujum uyushtirganini yodga solgan holda Turkiya bilan ittifoq bo‘lgan davlatlarni qoli qonli terror tashkilotiga qarshi ogohlantirdi. Bu borada ittifoq davlatlarning, PKK/KJK/YPG yoki DEASga qarshi kurash bahonasi bilan ularni qo‘llab-quvvatlamaslikka, terroristlarni ajratish masalasini murakkablashtirmaslik uchun o‘z bayroq va uniformalaridan ularning foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslikka,  terroristlarni hududlaridan uzoq tutishi va ular bilan bo‘lgan har qanday aloqalarini tezlik bilan uzishlari kerakligi ta’kidlandi.

Yeni Şafak gazetasi: AQSh ortga tisarildi, PKK esa qochmoqda. Turkiya tomonidan Suriya shimoliga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo‘lgan quriqlik amaliyotidan oldin Amerika Qo‘shma Shtatlari “SDG” deb atagan terror tashkiloti bilan patrullik xizmatini qisqartirdi. Mintaqadagi amerikalik diplomatlar bilan harby bo‘lmagan xodimlar, Iroqning Arbil shahriga o‘tdi. PKKda parchalanishlar kuchayar ekan ayni vaqtda to‘daboshchilari tashkilot pullarini o‘g‘irlab qocha boshladi.



Aloqador xabarlar