Matbuot sharhlari 01.11.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1913375
Matbuot sharhlari 01.11.2022

                                      

Hurriyat gazetasi: “Turkiya iqtisodiy o’sishda rekord qo’yadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an “Turkiya Asri” dasturi bilan Turkiya Respublikasining 100 yillik sanasi nishonlanadigan 2023 yilga katta orzular va hayajon bilan kirishishlarini bildirdi. Turkiya 2022 yilning uchinchi choragida 3,9 foizga o’sganini ifoda etgan Erdo’g’an, “Umid qilamizki, 2022 yilni rekord o’sish bilan yakunlaymiz va 2023 yilni yaxshi qayfiyat bilan boshlaymiz” dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Chavusho'g'lidan operatsiya bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Suriya shimolida terror tashkiloti PKK/YPGga qarshi quruqlikdagi operatsiyani oldini olishga urinishlar borligini ma’lum qilib, “Kerakli javobni berdik, NATO ittifoqchilaridan yordam kutamiz” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Akar: Operatsiyalarda yagona nishon terrorchilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin bilan telefon orqali muloqot qildi. U Suriyaning shimolida o'zini mudofaa qilish doirasida operatsiya o'tkazilganini ma'lum qildi. Turkiya DEASH va boshqa barcha terror tashkilotlariga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ifoda etgan Akar, amaliyotlardagi yagona nishon terroristlar ekanini ma’lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Rossiyadan PKK/YPGga: cheking, aks holda turklar to'xtamaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Suriyada qisuvga olingan PKK/YPG terror tashkiloti Rossiya va AQSh bilan muzokaralar olib bormoqda. Rossiyaning Suriyadagi kuchlari qo'mondoni Aleksandr Chayko, Turkiyani to'xtatishning yagona yo'li PKK/YPGning Kobani (Aynelarab), Manbij va Tel Rifatni tark etishi ekanini aytdi. U jangarlarga “Turkiya operatsiyasi boshlansa, Rossiya buni toʻxtata olmaydi” dedi.

 

Star gazetasi: “AQSh Turkiyani g'azablantirmoqchi emas" sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, American Responsible Statecraft jurnalida chop etilgan maqolada, “Turkiya Suriyadagi dushmanlarini yo’q qilish uchun misli ko’rilmagan hajmda quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko’rmoqda” dedi. AQSh Prezidenti Jo Bayden ma'muriyatining Ukrainadagi mojaroga qarshi Turkiyani juda muhim ittifoqchi sifatida tan olgani ta'kidlangan maqolada, "Oq uy hozir Turkiyani g'azablantirmoqchi emas" dedi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar