Matbuot sharhlari 29.11.2022
Prezident Erdog'an Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin bergan bayonotida: "Mamlakatimiz chegaralarini 30 kilometr chuqurlikdagi xavfsizlik chizig'i bilan himoya qilish qarorimizda boshimizdan kechirgan har bir voqea bilan kuchayib bormoqdai

Haberturk "Hech kimdan ruxsat olmaganimiz kabi hech kimga ham hisob bermaymiz"
Prezident Rejep Tayyip Erdog'an Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyin bergan bayonotida: "Mamlakatimiz chegaralarini 30 kilometr chuqurlikdagi xavfsizlik chizig'i bilan himoya qilish qarorimizda boshimizdan kechirgan har bir voqea bilan kuchayib bormoqda. Minglab kilometr uzoqdan kelgan terroristlar begunoh deb ajratmasdan har yerni yoqib yiqqan terror jinoyati sababli Turkiyaning bu sezgirligiga hurmat qilish kerak."Biz hech kimdan ruxsat olmaymiz va hech kimga ham javobgar emasmiz. Farqli nomlar bilan ro'yxatdan o'tgan terror tashkilotini qo'llab-quvvatlaganlarning ikkiyuzlamachiligiga toqat qiladigan holatda emasmiz deya qayd etdi.
Star "Prezident Erdog'anning Islom olamiga "Yunoniston" chaqirig’i "
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Islom hamkorlik tashkiloti Iqtisodiy va tijoriy hamkorlik doimiy qo’mitasining 38-yig’ilishining ochilish dasturida so’zlagan nutqida, “Islom dunyosi birodarlarimizning ahvoliga tomoshabin bo’lmasligi kerak. Yunonistonda zulm ko’rgan birodarlarimiz o'z ona tillarini o'rganishga ruxsat berilmagan vaziyatga biz jim turolmaymiz." dedi.
Hurriyet "Chavusho’g'luning Misrga elchi bayonoti"
Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Turkiya-Misr munosabatlari bilan bog’liq holda “Kelgusi oylarda elchi tayinlanishi mumkin” deya qayd etdi.
Sabah "Terrorga kuchli zarba"
Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning shimolida amalga oshirilgan “Furot qalqoni”, “Zaytun novdasi” va “Tinchlik bulog’i” amaliyotlari bilan 6 yil ichida 16 ming 913 nafar terrorist yo’q qilindi deya bildirdi.
Yenishafak "Biz Moviy bayroq cho'qqisiga qarab yuguramiz"
Moviy bayroqda Ispaniya va Gretsiyadan keyin uchinchi o'rinni egallagan Turkiyada moviy bayroq hilpiratilgan plyajlar soni 2020 yilda 486 taga, o'tgan yili 519 taga, bu yil esa 531 taga ko'tarildi.