Matbuot sharhlari 28.11.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1911846
Matbuot sharhlari 28.11.2022


 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya o'z xavfsizligi uchun har qanday chora ko’rish huquqiga ega” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, Turkiya o'z xavfsizligi uchun chegaralari tashqarisidagi hududlarda transchegaraviy operatsiyalar bilan bog'liq har qanday qarorga ega ekanligini va bu huquqidan foydalanishiga hech kim to'sqinlik qila olmasligini aytdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Isroil mediasi: Turkiyani to’xtatadigan kuch yo’q” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, PKK terror tashkilotining Istanbul va Gaziantepdagi hujumlaridan so'ng, Turkiyaning Suriya shimolidagi havo hujumi va Prezident Erdo'g'anning quruqlikdagi operatsiya uchun bergan ko’rsatmasi jahon matbuotida taxlil qilinmoqda.

Isroilda nashr etiladigan “Haaretz” gazetasida maqolasi chop etilgan nafaqadagi Isroil askari Zvi Bar, Turkiya Suriya operatsiyasiga tayyor ekanligini va AQShning bunga to'sqinlik qila olmasligini ta'kidladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Qora dengiz gazidan xushxabar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fatih Do’nmez, Qora dengiz mintaqasidagi Sakarya tabiiy gaz koni hududidagi “Chayjuma-1” qudug'ida yangi qidiruv burg'ilash ishlari olib borilganligini bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, birinchi ma'lumotlar ijobiy bo'lgan. Chukurova hududida uchinchi neft qudug'i qazilganligini va taxminan 8-10 million barrel zaxira borligini ifoda etgan Do’nmez, "Neftni deyarli suv sathida topdik, bu katta ne'mat" dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiyadan Saudiya Arabistoni bayonoti: Kelishib oldik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebatiy Saudiya Arabistoni Savdo vaziri Majid Bin Abdulloh Al Qasabi bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, tijorat va moliyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinganini ifoda etgan Nebatiy, “Vazir bilan bu sohalarda hamkorligimizni davom ettirish borasida kelishib oldik” dedi.

 

Sabah gazetasi: “8- Butunjahon halol sammiti va 9- IHT Halol Expo yarmarkasi yakunlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul Expo markazida o’tkazilgan 8-Jahon halol sammiti kecha yakunlandi. Taxminan 40 ta davlatdan 500 ga yaqin kompaniya ishtirok etgan yarmarkada joriy yilda 1 milliard yevrolik biznes hajmiga erishilishi kutilayotgan boʻlsa, tadbirga hozirgacha 40 mingdan ortiq mahalliy va xorijlik tashrif buyurdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar