Matbuot sharhlari 25.11.2022

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, kechagi bayonotida, "O’qituvchimizni  kim  tahdid qilsa , biz hamma narsasini  yo'q qilamiz. Mamlakatimizga qarshi terror tahdidi tugamaguncha bu kurashni davom ettiramiz" dedi.

1910836
Matbuot sharhlari 25.11.2022

 

Haber Turk gazetasi: “Prezident Erdog’anning bayonotlari”

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, kechagi bayonotida, "O’qituvchimizni  kim  tahdid qilsa , biz hamma narsasini  yo'q qilamiz. Mamlakatimizga qarshi terror tahdidi tugamaguncha bu kurashni davom ettiramiz" dedi. 

Star: “Vitse-prezident O’Ktay: “Terrorning barcha unsurlariga qarshi kurashishga qaror qildik”

Vitse-prezident Fuat Oktay kecha poytaxt Anqarada bergan bayonotida, “Hataydan Hakkariga qadar janubiy chegaralarimizda terrorning barcha unsurlariga  qarshi  kurashni qat’iyat bilan davom ettiramiz” dedi.

Sabah : "Vazir Chavusho'g'li Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto bilan uchrashdi"

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, kecha Finlyandiya Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto bilan telefon orqali muloqot qildi. Uchrashuvda Ukrainadagi so'nggi o'zgarishlar va g'alla koridori muhokama qilindi.

Hurriyat: “Vazir Akar Rossiyalik hamkasbi Shoygu bilan uchrashdi”.

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan telefon orqali muloqot qildi. Uchrashuvda ikki vazir mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

Yeni Shafak: "Mahalliy avtomobil TOGGda ommaviy ishlab chiqarish davom etmoqda"

Turkiyaning mahalliy va milliy avtomobili Toggda ommaviy ishlab chiqarish davom etmoqda. 29-oktabr kuni Respublika bayramini nishonlagan ochilishining  aks-sadolari hamon davom etayotgan bir paytda, 227-mahalliy avtomobil zavoddan chiqdi. Togg xalqaro texnik malaka sinovlari yakunlangandan so‘ng, 2023-yil mart oyida yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar