Matbuot sharhlari 21.11.2022

Haber Turk gazetasi: "Suriya va Iroqda havo operatsiyalari". Turk jangovar samolyotlari kecha Suriya va Iroq shimolidagi terror nishonlariga havodan operatsiya o'tkazdi.

1908566
Matbuot sharhlari 21.11.2022

 

Haber Turk gazetasi: "Suriya va Iroqda havo operatsiyalari".

Turk jangovar samolyotlari kecha Suriya va Iroq shimolidagi terror nishonlariga havodan operatsiya o'tkazdi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan Panja  qilich havo operatsiyasi bilan bog'liq kecha qilingan bayonotda, "Operatsiyada terroristlarning boshpanalari, g'orlari, o'q-dori omborlari,  so’zda   qarorgohlari  va ta'lim lagerlari bilan birgalikda  89 ta nishon yo'q qilindi. ko'plab terroristlar  ham   bartaraf  etildi."

Star: "Vazir Akar: Terror tashkilotining shtab-kvartirasi to'g'ridan-to'g'ri zarbaga uchradi"

Panja qilich operatsiyasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar tomonidan Turk Qurolli Kuchlari qo'mondonligi hamrohligida Havo Kuchlari Harakat Markazi tomonidan boshqarildi. Vazir Akar, “Terroristlarga tegishli boshpana, bunker, g’or, tunnel va omborlar katta muvaffaqiyat bilan yo’q qilindi. Terror tashkilotining shtab-kvartirasi ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarbaga uchradi”, dedi u.

Hurriyet: "Chelik: Operatsiya bilan yana bir bor ko'rsatamiz, mamlakatimizga ko’z tikanlar eng og'ir evazni  to'laydi"

Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AK Partiya) raisi o’rinbosari va partiya voizi O’mer Chelik kecha o’zining ijtimoiy media hisobi orqali, “Biz buni Panja-qilich havo operatsiyasi bilan yana bir bor ko’rsatamiz, mamlakatimizga ko’z tikanlar  eng og’ir  evazni   to’laydi” dedi.

Sabah: "Altun: Terrorni manbasida yo'q qilishda davom etamiz"

Aloqa direktori Fahrettin Altun, o'zining ijtimoiy media sahifasida "Panja-qilich" havo amaliyoti bilan bog'liq,  "Terror va terrorni qo'llab-quvvatlovchilarning Turkiyani beqarorlashtirish va terrorni manbasida yo'q qilish harakatlariga barham berishda davom etamiz" dedi.

Yeni Shafak: “Chavushog’lu: 88 Ahiska birodarimiz  vataningizga xush kelibsiz”

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Turkiya tashabbuslari natijasida Ukrainaning Xerson shahrida qolib ketgan 88 nafar Ahisht turkining Turkiyaga kelganini ma’lum qildi. Chavusho’g’li ijtimoiy media hisobidagi postida, “Ukrainaning Xerson shahrida qolib ketgan, tashabbuslarimiz bilan Rossiya va Gruziya orqali o’lkamizga olib kelgan 88 Ahiskalik birodarimiz; vataningizga xush kelibsiz! Ular qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, biz hamisha Ahiskalik birodarlarimiz bilan birgamiz, doim yonlarida bo'lamiz!” degan ifodaga o’rin berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar