Matbuot sharhlari 31.10.2022

Milliy Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Rossiya Sevastopoldagi hujumlar tufayli don  jo’natish  faoliyatini vaqtincha to'xtatgan.

1899818
Matbuot sharhlari 31.10.2022

 

Matbuot sharhlari 31.10.2022

Yeni Shafak: “Turkiyadan don joʻnatish borasida bayonot ”

Milliy Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Rossiya Sevastopoldagi hujumlar tufayli don  jo’natish   faoliyatini vaqtincha to'xtatgan. Bayonotda Ukrainadan kemalar chiqmaydi. Istanbulda kutayotgan kemalarni tekshirish davom etmoqda.' Shuningdek, Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazidagi rossiyalik xodimlar vazifada ekanligi  xabar qilindi.

Star: "Eng xavfsiz yo'l - Turkiya"

Xaznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati, Turkiyaning geografik joylashuvi tufayli Rossiya, Eron va Saudiya Arabistonidan energiya olish yo'lagi ekanligini ma'lum qilib, "Har qanday tabiiy gaz va neftni arzonroq va xavfsiz tarzda tashish mumkin" deya qayd etdi.

Sabah : “ Turklar kelyapti”

29 oktyabr kuni Bursada ochilgan Turkiyaning ilk mahalliy avtomobili Togg dunyoda keng ta'sir ko'rsatdi. Turkiyaning ajoyib qadam tashlaganini ifoda etgan gazetalar, Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning "Turklar" degan so'zlariga ayniqsa urg'u berdi.

Hurriyet: “Togg jahon matbuotida”

Togg jahon matbuotida keng yoritildi. Bloomberg o'z o'quvchilariga bu xabarni "Erdog'an ilk turk elektr avtomobilini taqdim etdi" sarlavhasi bilan taqdim etdi. German Deutsche Welle xabarida, "Turkiya Togg bilan tarix yozmoqda" degan izohga o'rin oldi. Rossiya axborot agentligi Ria Novosti elektr mahalliy avtomobil 30 daqiqada quvvatlanishi va 500 kilometr masofani bosib o'tishini yozdi.

Hurriyet: “Togg jahon matbuotida”

Togg jahon matbuotida keng yoritildi. Bloomberg o'z o'quvchilariga bu xabarni "Erdog'an ilk turk elektr avtomobilini taqdim etdi" sarlavhasi bilan bildirdi. German Deutsche Welle xabarida, "Turkiya Togg bilan tarix yozmoqda" degan izohga o'rin oldi. Rossiya axborot agentligi Ria Novosti elektr mahalliy avtomobil 30 daqiqada quvvatlanishi va 500 kilometr masofani bosib o'tishini yozdi.

Vatan: “Toggdagi Turkiyaning ranglari”

Mahalliy Togg avtomobilining ranglari ma'lum bo'ldi. Togg tomonidan tarqatilgan postda, "Zaytun daraxtlari soyasi ostidagi Gemlikning moviy suvlari, Onado'li tuproqlaridagi  do'stlik va ehtirosni aks ettiruvchi qizil rang, Oltu toshining hayratlanarli qoraligi, mustahkam tuzilishi, Kulaning tabiiy tuzilishi, uning qoyalari va vodiylari va millionlab yillik tarixni bugungi kungacha olib boradigan kulrang." Biz Kapadokiyaning ulug'vorligini, g'ayrioddiy go'zallikdagi peri ramzlari  tuproq va qum bej rangini, Pamukkale travertenlarining ko'zni qamashtiruvchi oqligini, C-SUV ning tashqi ranglarida aks etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar