Matbuot sharhlari 04.10.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1888174
Matbuot sharhlari 04.10.2022

                                         

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Turkiya asrini birgalikda insho etamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Istanbulda bo'lib o'tgan moliya strategiyasi bo’yicha tadbirda so'zlagan nutqida, "Umid qilamanki, global o'zgarishlar tufayli yuzaga kelgan inflyatsiya muammosini yengib, Turk asrini birgalikda inso etamiz”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Hech ikkilanmasdan Liviyani yonida bo’lamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha rasmiy tashrif bilan Liviya poytaxti Tripolida bo’ldi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya qiyin kunlarda Liviya va Liviya xalqining yonida bo’ladi va hech ikkilanmasdan uni qo’llab-quvvatlashda davom etadi.

Chavusho’g’li Turkiya bilan Liviya o’rtasida uglevodorodlar sohasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolanganini ham qo’shimcha qildi.

 

Star gazetasi: “Britaniya o'z mas'uliyatini bajarmaydi, biz ishonadigan yagona davlat Turkiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Buyuk Britaniyaning ham AQShning Kipr Rum boshqaruviga qarshi qurol embargosini bekor qilish uchun kafil davlat sifatida mas’uliyati borligini ma’lum qildi va “Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ishongan yagona davlat Turkiya Respublikasidir”,- dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Pamukkalega 9 oyda 1 million 557 ming turist keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Denizlidagi dunyoga mashhur turizm maskani Pamukkale, 2022-yilning 1-yanvaridan 30-sentyabrgacha 1 million 557 ming 851 nafar turistni qabul qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Izmirdagi Yassitepedan 5000 yillik kosa topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Izmirning Bornova tumanidagi Yeshilova tepaligida olib borilgan Yassitepe qazishmalarida 5000 yillik kosa topildi. Qazish guruhi rahbari dotsent Zafer Derin, qoldiqlarni o'rganib, 5000 yil avvalgi oziq-ovqat va ovqatlanish madaniyati haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'lishni maqsad qilganligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar