Matbuot sharhlari 03.10.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1887671
Matbuot sharhlari 03.10.2022

Star gazetasi: Dunyo matbuotida Prezident Erdo‘g‘anga maqtov yog‘dirildi. AQSh matbuotining Politico gazetasi, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning diplomatik sa’y-harakatlari va don yo‘lagi hamda mahbuslarni almashish kelishuvlaridagi muvaffaqiyati haqida maqola chop etdi. Unda Prezident Erdo‘g‘anga maqtov yog‘dirildi. Siyosatshunos Nataliya Tochchi tomonidan qalamga olingan maqolada, xalqaro miqyosda katta ahamiyatga ega bo‘lgan kelishuvlar Türkiye yordamida tuzilgani ta’kidlandi.

Sabah gazetasi: Türkiye bilan AQSh o‘rtasida nozik masalalar qo‘lga olindi. Türkiye Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Istanbulda, AQSh milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sullivan bilan uchrashdi. Uchrashuvda F-16 bilan bog‘liq jarayonning yakunlanishi, ikki davlatning strategik manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Yeni Şafak gazetasi: Isroil Bosh vaziri Lapid: “Türkiyega elchi tayin qilinishi muhim qadamdir”. Isroilning Anqaraga elchi tayin qilishi haqida gapirgan Isroil Bosh vaziri Yair Lapid, buning, Türkiye bilan munosabatlarni yaxshilash uchun muhim qadam ekanini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Zelenskiydan Selchuk Bayraktarga davlat ordeni topshirildi. Ukraina Prezident ma’muriyati rahbari Andrey Yermak, hamrohligidagi hay’at bilan O‘zdemir Bayraktar Milliy Texnologiya markaziga tashrif buyurdi. Andrey Yermak ushbu tashrif chog‘ida, Baykar Texnologiya rahbari Selchuk Bayraktarga Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan III darajali “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini taqdim etdi.

Haber Türk gazetasi: Antaliyaga havo yo‘li orqali kelgan sayyohlar soni 11 milliondan oshdi. Dunyoning to‘rt burchagidan sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan Antaliyaga, joriy yilning 1-yanvaridan 30-sentabrigacha havo yo‘li orqali 11 million 27 ming 94 nafar sayyoh keldi.

 



Aloqador xabarlar