Matbuot sharhlari 30.09.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1886822
Matbuot sharhlari 30.09.2022

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an Putin bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 29 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo‘g‘an suhbat chog’ida Putindan muzokaralarga yana bir imkoniyat berishini so‘radi.

 

Sabah gazetasi: “Chavushog’lidan Gretsiya bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Gretsiyaning provokativ harakatlari haqida bayonot berdi. “Gretsiya orollarni qurollantirar ekan, biz ham kerakli qadamlarni tashlaymiz” dedi Mavlud Chavusho’g’li.

 

Xabar turk gazetasi: “TQK zarba berdi…140 km masofada operatsiya o’tkazildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar kecha bergan bayonotida, “Turk Qurolli Kuchlari 27-sentyabr kuni 140 kilometr masofagacha kirib borib, Iroq shimolidagi Asos hududida terroristlarning 16 ta g’ori, boshpanasi va boshqaruv punktlariga zarba berdi” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Zelenskiydan Erdo’g’anga minnatdorlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo’lib o’tgan muloqoti chog’ida  Erdo‘g‘anga Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Star gazetasi: “Bayraktar SİHA Yevropadagi boshqa bir davlatning safiga qo’shildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Albaniya Bosh vaziri Edi Rama, Albaniya Turkiyadan sotib olayotgan “Bayraktar SİHA” qurolli dronlari tez orada foydalanishga topshirilishini bildirdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar