Matbuot sharhlari 28.09.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1885695
Matbuot sharhlari 28.09.2022

 

Xabar turk gazetasi: “G’arbning yordamlari Gretsiyani qutqara olmaydı” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Orollarni qurollantirgan Gretsiyaga qattiq munosabat bildirdi. G'arbiy Frakiya va orollarga joylashtirilayotgan qurollar Turkiya uchun hech qanday ma'no kasb etmasligini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Bizning kuchimiz va imkoniyatlarimiz ulardan ancha yuqori" dedi.

Erdo'g'an, “Amerika Qo'shma Shtatlari va Yevropadan kelgan yordamlar sizni qutqaradi deb o’ylayabsizmi? Qutqara olmaydi”, - dedi.

 

Star gazetasi: “Litva: Turkiya uchun imkoniyat paydo bo'ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning geografik joylashuvi jihatidan Yevropaga yaqinligi katta ahamiyat kasb etganini va ko’plab sektorlarda muhim rol o’ynaganligini ta’kidlagan Litvaning Turkiyadagi elchisi Rikardas Degutis, “Litva va Turkiya o’rtasida yo’lga qo’yiladigan hamkorlik yangi imkoniyatlar yaratadi” dedi.

Litva parlamenti deputati Rimante Salaseviciute sarmoya borasida Turkiya bilan dadil qadam tashlash kerakligini aytdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya shamolda Yevropaning innovatsion markazi bo'lishni maqsad qilgan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fatih Donmez, Turkiya shamol energiyasi sohasida Yevropa va mintaqaning yangi ishlab chiqarish va innovatsion markaziga aylanishni maqsad qilganini bildirdi.

 Turkiya Yevropaning 5-yirik shamol energiyasi texnologiyalari ishlab chiqaruvchisi ekanligini ta’kidlagan Donmez, “2021-yilda 50ga yaqin davlatga 1,5 milliard yevrolik shamol turbinalari va uskunalarini eksport qildik” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Dunyoga mashhur iqtisodchilar Turkiyada uchrashadilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, G'aznachilik va moliya vazirligi mezbonligida o'tkaziladigan “Iqtisodiy yangilanish sammiti” doirasida dunyoning yetakchi iqtisodchilari Istanbulga tashrif buyuradi. 29-sentyabr payshanba kuni boshlanadigan sammitda 12dan ortiq davlatning nufuzli akademiklari ishtirokida koʻplab mavzular, ayniqsa, yangi global iqtisodiy tartib yaratgan imkoniyatlar muhokama qilinadi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya arab yoshlarining nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, G'arbiy Osiyo va Shimoliy Afrikadagi 17 davlatda 3 ming 400 kishi ishtirokida o'tkazilgan “Arab yoshlari tadqiqoti” Turkiya yoshlarning sevimli mamlakati ekanligini ko'rsatdi.

Arab yoshlari AQSh, Angliya va Fransiya kabi G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, Turkiya, Xitoy va Rossiyani o‘zlariga yana ham yaqin deb bilishadi. Ishtirokchilarning 77 foizi Turkiyaning kuchli ittifoqchi ekanligini ta'kidladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar