Matbuot sharhlari 22.09.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1883205
Matbuot sharhlari 22.09.2022

        

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an vositachiligida Rossiya-Ukraina o’rtasida harbiy asir almashildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o'rtasidagi diplomatik sa’y-harakatlar natijasida 200 nafar harbiy asir almashilganini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “BMTda ta’kidlangan so'zlar: Turkiya taqdirga loyiq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Germaniya kansleri Olaf Scholz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida so'zlagan nutqida Turkiyaga nisbatan maqtovli so'zlarni aytdi. Scholz, “Turkiya vositachiligida g'alla eksportini qayta yo'lga qo'yish katta tahsinga loyiq”,-dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Emina Erdo’g’an: Oshxona madaniy merosning eng muhim unsurlaridan biridir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning turmush o’rtog’i birinchi xonim Emina Erdo’g’an, AQShning Nyu-York shahrida turk taomlari targ’ib qilingan gastronomiya dasturida “Oshxona madaniy merosning eng muhim unsurlaridan biridir” dedi.

 

Sabah gazetasi: “Tayyor kiyim-kechak va tikuvchilik mahsulotlari eksportidan 14,2 mlrd dollar daromad” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada tayyor kiyim va tikuvchilik sanoati joriy yilning 8 oyida 14 milliard 248 million dollarlik eksport bilan yanvar-avgust oylaridagi eng yuqori ko’rsatgichga erishdi. Xuddi shu davrda sektor Germaniyaga 2,5 milliard dollarlik, Ispaniyaga 1,8 milliard dollarlik va Buyuk Britaniyaga 1,4 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Bodrumga "Costa Venezia" kruiz kemasida 1502 nafar sayyoh keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Italiya bayrog'i ostidagi sayohat kemasi "Costa Venezia" kecha 1502 nafar sayyohni Mug'laning Bodrum tumaniga olib keldi. Bojxona tekshiruvlaridan so‘ng, yo‘lovchilar kemadan tushib, Bodrum bo‘ylab sayohatga chiqishdi va tarixiy diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar