Matbuot sharhlari 09.09.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1877993
Matbuot sharhlari 09.09.2022

Sabah gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: Putin to‘g‘ri aytadi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Xorvatiyada bergan bayonotida don yetkazib berish masalasi haqida: “(Rossiya Davlat rahbari Vladimir) Putin bir masalada to‘g‘ri aytdi. Don yetkazib berishda donlar boy mamlakatlarga ketdi, faqir davlatlarga emas. Sanksiyalarni kiritgan davlatlarga don ketishi Putinni bezovta qildi. Samarqandda bu mavzularni qo‘lga olamiz. Umid qilamizki, Rossiyadan ham don yetkazib berish ishlari boshlaydi”.-dedi.

Star gazetasi: Tashqi ishlar vazirligidan BMTning “Uyg‘ur” hisoboti haqida bayonot. Türkiye Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi – elchi Tanju Bilgich, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Oliy kengashining Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom mintaqasidagi inson huquqlari ahvoli haqidagi hisoboti ustidan, “Mintaqada yashagan Uygʻur turklari va boshqa musulmon ozchiliklar haqida yurtimiz va xalqaro hamjamiyatda tilga olingan tashvishlarni tasdiqlaydi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Haber Türk gazetasi: Rossiyaga boʻlgan eksportda tarixiy rekord. Türkiyening Rossiyaga boʻlgan eksporti joriy yilning avgust oyida 738 million 527 ming dollar bilan rekord qayd etdi.  

Hürriyet gazetasi: THY avgust oyida 7.8 million yoʻlovchi tashidi. Turk havo yoʻllari avgust oyida mahalliy va xalqaro qatnovda jami 7.8 million yoʻlovchi tashidi. 2022-yil avgust oyi oxirida aviakompaniya parkidagi uchoqlar soni 387 tani tashkil etdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Obama “Emmy” mukofotiga sazovor boʻlgan xujjatli filmning afishasida turk imzosi. Sobiq AQSh Prezidentlaridan Barak Obama, “Dunyoning eng yaxshi milliy bogʻlari” deb nomlangan xujjatli filmning “Eng yaxshi hikoyachi” nominatsiyasi boʻyicha “Emmy” mukofatiga sazovor boʻldi. Nomi tilga olingan xujjatli filmning afishasini esa Gollivudda agentligi bor turk dizayner Ali Aydin tayyorladi. Aydin, “Dunyo va tabiat goʻzalliklari bilan vahshiy hayot haqidagi bu xujjatli filmning bir boʻlagi boʻlishdan xursandman”.-dedi.

 



Aloqador xabarlar