Matbuot sharhlari 02.09.2022
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Haber Türk gazetasi: Erdoʻgʻan: “Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi adolatli emas”. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga e’tiroz bildirdi. Türkiyening qorongʻu muhitlar boshqaruvida istiqomat chizilgan davlat emasligiga hammaning guvoh boʻlishini ta’kidlagan Erdoʻgʻan: “Inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudi qaror qabul qilishda adolatli emas, siyosiydir. Türkiye haqida gap ketganda, u siyosiy qaror qabul qiladi lekin Fransiya, Germaniya ustidan afsuski teskari qarorlar qabul qiladi”.-dedi.
Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan: Rivojlangan Türkiye bor. Prezident Erdoʻgʻan, dunyo ogʻir bir davrni boshdan kechirayotgan bir paytda buyuk va qudratli Türkiyeni qurishga tayyor ekanliklarini bildirdi. “Ta’lim-tarbiyadan sogʻlikni saqlashga, sanoatdan qishloq xoʻjaligiga qadar har sohada kerakli vositalarga egamiz”.-degan Erdoʻgʻan, “Munosabatlarimiz va harbiy kuchimiz bilan oʻz oʻrnimizni butun dunyoda qabul qildirmoqdamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.
Yeni Şafak gazetasi: Altun: Türkiye-Yevropa ittifoqi yaqinlashuvi hayratga solmaydı. Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun Türkiyening Yevropa ittifoqi a’zoligidan qoʻlga kirituvchi manfaatlari boʻlganidek Yevropa ittifoqining ham Türkiye a’zoligidan foydalanuvchi manfaatlari borligini qayd etdi. Altun, “Dunyo yoʻl olgan istiqomat, Türkiye va Yevropa ittifoqini bir-biriga yaqinlashtirmoqda. Bu ketishda muzokaralarning takror jadal tus olishi hayratga solmaydı”.-deya gapirdi.
Hürriyet gazetasi: Qayta tiklanadigan energiya rekordlarni yangiladi. Iyul oyida Türkiyeda 28 milliard 491 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Turkiyada iyul oyida quyoshdan ishlab chiqarilgan elektr quvvati 2 milliard 7 million kilovat-soat bilan rekord oʻrnatgan boʻlsa, shamoldan ishlab chiqarilgan elektr quvvati 4 milliard 237 million kilovatt-soat bilan rekord oʻrnatdi.
Yeni Şafak gazetasi: Yana bir mamlakat Bayraktar TB2ga xaridor boʻldi. Ruminiya Türkiyedan urush maydonlarida afsonaga aylangan Bayraktar TB2 qurolli insonsiz havo transporti xarid qilib olmoqchi. Ruminiya parlamenti tasdiqlagudek boʻlsa unda 18 dona Qurolli Insonsiz havo transporti xarid qilib olish uchun Turk shirkati bilan uchrashishni boshlaydi.