Matbuot sharhlari 19.08.2022

Turkiya gazetasidan sharhlar...

1869956
Matbuot sharhlari 19.08.2022

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: Chernobil fojisini yana boshdan kechirishni xohlamaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Lvovdagi uch tomonlama uchrashuvdan so'ng bayonot berdi. Uchrashuvda asosiy mavzu urushni qanday yakunlash masalasi ekanini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Atom elektr stansiyasidagi to'qnashuvlardan xavotirdamiz. Yangi Chernobilni boshdan kechirishni istamaymiz" dedi. Erdo'g'an, shuningdek, vayron bo’lgan Ukrainani qayta tiklash uchun zarur yordamni berishga tayyorligini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an muzokara stoliga ishora qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Erdo’g’an uch tomonlama uchrashuvdan so’ng, “Maqsad muzokaralarni boshlash uchun eng qisqa va eng adolatli yo’lni belgilashdir” dedi. Mart oyida Istanbulda tashkil etilgan parametrlar asosida muzokaralarni jonlantirish mumkinligiga ishonganini qayd etgan Erdo’g'an, "Ushbu maqsad yo'lida kerakli yordamni berishga, yana qulaylashtiruvchi yoki vositachi rolini o'ynashga tayyormiz" dedi.

 

Vatan gazetasi: “Ukraina portlaridan 622 ming tonnadan ortiq g’alla eksport qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy mudofaa vazirligi 1 avgustdan buyon Ukraina portlaridan 622 ming tonnadan ortiq don jo‘natilganini ma’lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Antaliyaga kelgan xorijlik sayyohlar soni 8 mlndan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dengizi, plyajlari, tabiati, tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan yilning 12 oyida sayyohlarni qabul qilgan turistik Antaliya shahriga joriy yilning 7,5 oyida 8 mlndan ortiq sayyoh keldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Dunyo nigohida bo’lgan turk” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  2017-yilda 24 soatda 13 davlatni kezib Ginnes rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo’lgan Umit Sabanji rekordini yangiladi.

Sabanji tarifli yo'lovchi samolyotlari bilan 46 soat 23 daqiqada dunyo bo'ylab sayohat qilib, yangi rekordga imzo chekdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar