Matbuot sharhlari 18.08.2022

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi. O'zaro elchi tayinlash qaroriga to'xtalib o'tgan Prezident Erdo'g'an, yangi elchini tayinlash uchun eng qisqa vaqt ichida kerakli qadamlarni qo'yishlarini

1869335
Matbuot sharhlari 18.08.2022

 

 

Vatan: “Isroil bilan yangi davr”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Isroil Bosh vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi. O'zaro elchi tayinlash qaroriga to'xtalib o'tgan Prezident Erdo'g'an, yangi elchini tayinlash uchun eng qisqa vaqt ichida kerakli qadamlarni qo'yishlarini qayd etdi.

Star: “Turkiya hamma bilan gaplasha oladigan  bir aktyor”

Fransiyaning poytaxti Parijda Prezidentlik Aloqa boshqarmasi tomonidan "Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining islohoti" paneli bo'lib o'tdi. Xalqaro siyosat tadqiqot markazi (CeSPI) Turkiya observatoriyasi koordinatori Valeria Giannotta panelda so’zga chiqib, “Turkiya kabi yuksalib borayotgan bir kuchning roli haqida yana bir bor o’ylab ko’rishimiz kerak. Mamlakatning diplomatik sa’y-harakatlari va geografik joylashuvi tufayli Turkiya hamma bilan gaplasha oladigan  bir aktyor”. dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “Abdulhamid Han” kemasi ilk burg’ilash ishini  boshladi.

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do'nmez, Turkiyaning 4-burg'ulash kemasi Abdulhamid Han Sharqiy O'rta Yer dengizidagi Yo’rukler-1 qudug'ida burg'ulash ishlarini boshlaganini bildirdi. Burg'ilash kemasi 9 avgust kuni Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an ishtirokidagi marosim bilan birinchi vazifa joyi bo’lgan  Yo’rukler-1 qudug'iga jo'natilgan edi.

Hurriyet: “Germaniya matbuotidan Turk SİHAlariga  maqtov ”

Turkiyaning harbiy sanoatiga e’tibor qaratgan Germaniyaning Focus sayti e’tiborga molik bir tahlil chop etdi. Xabarda, Bayraktar TB2 qurolli uchuvchisiz havo vositalari "butun dunyo bo'ylab mijozlarni, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham ilhomlantirgani" qayd etgan.

Haber Turk: “Malayziya qirolichasi Kapadokiyada yashashni xohlaydi”

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an taklifi bilan Anqaraga kelgan Malayziya Qiroli Sulton Abdulloh Ri’ayatuddin Al-Mustafo Billah Shohning rafiqasi Qirolicha Tunku Azizah Kapadokiyani kezdi. Kapadokiyaga qoyil qolgan Aziza, “Men bu yerga tashrif buyurishni juda xohlardim.Bu yerga ertaroq kelmoqchi edim, lekin fursat topa olmadım “Men toshdan o‘yilgan joy sotib olib shu yerda yashamoqchiman”, dedi u.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar