Matbuot sharhlari 17.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1868990
Matbuot sharhlari 17.08.2022

                                       

Xabar turk gazetasi: “Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’lidan muhim bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Suriyada barqarorlik va tinchlik o’rnatilishi uchun o’zaro murosa zarurligini aytdi. U shuningdek, Suriyada muxolifat va rejim o’rtasida o’zaro murosani yo’lga qo’yishga doir o’zgarishlar Turkiyaning ushbu mamlakatda ichki urushni to’xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlarining aksi ekanligini ta’kidladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Hulusi Akar Ukraina mudofaa vaziri Reznikov bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Ukraina Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan muloqot qildi. Suhbat chog’ida Ukrainadagi so‘nggi vaziyat va Ukraina donini xavfsiz yetkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.

 

Sabah gazetasi: “Tendurek terrorizmdan butunlay xoli bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Turkiyaning Ag'ri viloyatidagi Tendurek tog'i terroristlardan butunlay tozalanganini ma'lum qildi. Soyluning bayonotiga ko'ra, Tendurekdagi terror uyasi bartaraf etilib, qidiruvda bo’lgan ikki terrorist yo’q qilingan.

 

Yeni shafak gazetasi: “Vengriya turk mudoffa sanoati mahsulotlariga xaridor bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Vengriya Texnologiya va Sanoat Vaziri Laszlo Palkovics, Turkiyaga tashrifi doirasida uchuvchisiz uchish apparatlari (UAV) sohasida hamkorlikni muhokama qilganligini bildirib, "Vengriya armiyasi Turk mudofaa sanoati mahsulotlarini sotib olishga qaror qildi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Vazir Kasapog'lu: Islom birdamlik o'yinlari tarixidagi medal rekordlarini yangilashda davom etyabmiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog'lu Turkiya Konyada o'tkazilgan 5-Islom birdamlik o'yinlarida medal jamlash bo’yicha rekordini yangilaganini bildirdi.

“Turkiya Islom birdamlik o'yinlarida shu paytgacha jami 238 medalga sazovor bo’lib, Islom birdamlik o'yinlari tarixida bir davlatga muyassar bo’lgan eng yuqori ko’rsatgichga erishdi. Biz Islom birdamlik o'yinlari tarixidagi eng muvaffaqiyatli davlatga aylandik”, dedi Turkiya Yoshlar va sport vaziri.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar