Matbuot sharhlari 16.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1868366
Matbuot sharhlari 16.08.2022

 

Vatan gazetasi: “29-oktyabr kuni Turkiyaning avtomobil zavodini rasman ochamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Adolat va Taraqqiyot partiyasining 21 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida Turkiyaning birinchi mahalliy avtomobili TOGG xizmatga tayyor ekanligini ma'lum qilib, "2022 yil 29 oktyabrda Turkiyaning avtomobil zavodini rasman ochamiz. 2023 yilning birinchi choragida biz mashinamizni yo‘llarda ko‘ra boshlaymiz”, dedi.

 

Star gazetasi: “AQShdan Turkiyaga F-16 taklifi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyadan harbiy delegatsiya F-16 qiruvchi samolyotini xarid qilish va modernizatsiya qilish bo'yicha muzokaralar olib borish uchun AQShga jo'nab ketdi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, delegatsiyaning tashrifi AQSh taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya va uning qurilli dronlari Fransiya matbuoti nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyoda ko’plab mamlakatlar Turkiyaning mahalliy va milliy qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari (SİHA) haqida gapirishda davom etmoqda. Fransiya matbuoti “Bayraktar TB2” va “Qizil olma” dronlari haqida maqola e’lon qildi.

“Bayraktar TB2” Ukraina uchun 'kuchli qurol' sifatida ta'riflanar ekan, Turkiyada ishlab chiqarilgan qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari butun dunyoda muvaffaqiyatga erishganligi qayd etildi. Shuningdek, maqolada “Qizil olma” variantiga ham e'tibor qaratildi.

 

Hurriyat gazetasi: “BMTdan Turkiya turizmi uchun ijobiy baho” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Turizm agentligi Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, “Turkiya shubhasiz, yetakchi turizm yo’nalishlaridan biridir. U ko'proq tashrif buyuruvchilarni jalb qilish uchun kerak bo'lgan professional kadrlar va turistik hududlarga ega”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Istanbul aeroporti o'tgan hafta Yevropaning eng gavjum aeroportiga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul aeroporti 8-14 avgust oralig'ida kuniga o'rtacha 1332 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari ro’yxatida birinchi o'rinni egalladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar