Matbuot sharhlari 10.08.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1865872
Matbuot sharhlari 10.08.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Abdulhamid Xon burg’ulash kemasining xizmat joyi ma’lum bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning 4-burg’ulash kemasi “Abdulhamid Xon” kemasi Mersinning Tashuju portidan tantanali ravishda xizmat joyiga kuzatildi.

Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an tadbirda so’zlagan nutqida burg'ulash kemasining xizmat joyi Antaliyaning Gazipasha tumanidan 55 kilometr uzoqlikdagi “Yo’ruklar-1” qudug'i bo'lishini bildirdi.

“Yo’ruklar-1” qudug’i Sharqiy O’rta yer dengizidagi keng qamrovli biznes rejamizning birinchi bosqichidir” dedi Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya “Abdulhamid Xon” kemasi uchun Navtex e’lon qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Abdulhamid Xon” burg'ulash kemasi xizmat o’taydigan hudud uchun yangi NAVTEX (dengizchilarga e'lon) e'lon qilindi. E'longa ko'ra, kemaning Sharqiy O'rta yer dengizidagi missiyasi 7 oktyabrga qadar davom etadi. “Abdulhamid Xon” kemasi “Yo’ruklar-1” qudug’ida 3ta kema bilan birga faoliyat ko’rsatadi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaning burg’ulash kemasidan dunyoda faqat 5ta bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning 4-burg'ulash kemasi bo'lgan “Abdulhamid Xon” kecha Prezident Erdo'g'an ishtirokida o'tkazilgan tantanali marosimdan so'ng xizmat safariga kuzatildi.

Dunyo bo’yicha faqatgina 5 dona bo’lgan burg’ulash kemasining uzunligi 238 metr, kengligi 42 metrni tashkil qiladi. Balandligi esa 112 metrdan iborat. 200 nafar ekipajdan iborat kema 12200 metrgacha burg‘ulash imkoniyatiga ega.

 

Yeni shafak gazetasi: “Islom olami Konyada uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilayotgan 5-Islom birdamlik o’yinlarining tantanali ochilishi Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning tashrifi bilan amalga oshirildi.  “Birlik – kuch” shiori bilan boshlangan birdamlik o’yinlarida 56 davlatdan 4200 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqalar 18 avgustga qadar davom etadi.

 

Vatan gazetasi: “Turk olimlar ishlab chiqardi, dunyoning umidiga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk olimlari tomonidan ishlab chiqilgan, mahsulot sifati yuqori, sovuqqa, qurg‘oqchilikka va kasalliklarga chidamli yangi bug‘doy navining birinchi hosili Sivasda yig’ib olindi. Yangi bug'doy navi Turkiya va butun dunyo boshdan kechirishi mumkin bo'lgan oziq-ovqat taqchilligiga yechim bo'lishi taxmin qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar