Matbuot sharhlari 29.07.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1861033
Matbuot sharhlari 29.07.2022

                                    

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyadan BMTga Kipr bo’yicha e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining Kiprda joylashgan Birlashgan Millatlar Tinchlikparvar Kuchlarining (UNP) mandatini uzaytirish qarori "haqiqatdan adolatsiz va nohaq" ekanligini va bu adolatsizlikni tuzatish uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ma’muriyati tomonidan tashlanadigan har qanday qadamlarni Turkiya har tomonlama qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Nemis gazetasi: Endi chetda to’be bo’lgan Turkiya yo’q” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, harbiy texnologiya ishlab chiqarishda Turkiya tomonidan qabul qilingan mahalliy va milliy ishlab chiqarish yondashuvi yana bir bor xorijiy matbuotda keng yoritildi.

Germaniyaning “Handelsblatt” gazetasi Turkiyaning qurol ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlari haqida batafsil maqola e’lon qildi. Maqolada, “Endi chet elga qaram bo’lgan Turkiya qolmadi”, degan ifodalarga o’rin berilgan.

 

Star gazetasi: “Baykardan Polshaga Bayraktar TB-2 armug’oni” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Baykar kompaniyasi Polshada Ukraina uchun “Bayraktar TB2” qurolli uchuvchisiz uchish apparati sotib olish uchun to'plangan mablag’ni Ukrainadagi yordam tashkilotlariga o'tkazishni talab qilib, "Bayraktar TB2" ni Ukrainaga berishga qaror qildi. Baykar kompaniyasi avvalroq Ukraina va Litvadagi kampaniyalarga javoban jami 4 ta “Bayraktar TB2” ni sovg‘a qilgan va to‘plangan manbaning Ukraina xalqi uchun ishlatilishini so‘ragan edi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya iqtisodiyoti o'zgarish jarayonida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi Markaziy banki (TCMB) rahbari Shahap Kavjiog'lu Turkiya iqtisodiyoti 2004 yildan beri birinchi marta ketma-ket ikki chorakda joriy hisobda profitsitga ega bo'lganini aytdi. Kavjiog'lu bu holat Turkiya iqtisodiyoti uchun eksportga asoslangan o'sish davrining boshlanishi ekanligini ta'kidladi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning turizm daromadi bo'yicha rekordi bu yil yangilanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y ko’zda tutilgan ko’rsatgichlarga erishilsa, bu yil Turkiya Respublikasining turizm daromadi rekordi yangilanadi dedi.

 “2019-yilda 34,5 milliard dollarlik turizm daromadi rekordi o’rnatildi, Turkiya yana rekord o’rnatadi. Biz 37 milliard dollarni ko’zlab turibmiz. Umid qilamanki, biz buni yuqoriga ko'taramiz ", dedi turizm vaziri.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar