Matbuot sharhlari 19.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1856749
Matbuot sharhlari 19.07.2022

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘andan bayonotlar. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha uyushtirilgan vazirlar kengashi yig‘ilishidan keyin bergan bayonotida, Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO tarkibiga kirish masalasini nazarda tutgan holda: “Kerakli choralar koʻrilmagudek boʻlsa unda jarayonni vaqtinchalik toʻxtatishimizni eslatib qoʻymoqchiman”.-dedi.

Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar: Umumiy prensiplar ustidan kelishib olindi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar: “Don va don mahsulotlarini tashish masalasida umumiy prensiplar ustida kelishib olindi. Biz buning aniq amalga oshishi uchun kerakli choralarni koʻrishni davom etyapmiz. Bu hafta, bu borada bir yigʻilish uyushtirilishi mumkin”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Star gazetasi: Norvegiya Bayraktar TB2 uchun chora koʻra boshladi. Norvegiyada Ukraina bilan birdamlikda boʻlish maqsadida Bayraktar TB2 sotib olish uchun xayriya kampaniyasi boshlatildi. Shu doirada 55 million kron (taxminan 5,5 million dollar) yig‘ilishi va uni Ukraina elchixonasining yordam fondiga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

Sabah gazetasi: Sabiha Goʻkchen aeroporti yoʻlovchilar soni boʻyicha 2022-yilning rekordini qayd etdi. Istanbuldagi Sabiha Goʻkchen aeroporti, 582 qatnov va 100 ming nafardan ortiq yoʻlovchisi bilan joriy yilning 17-iyuli kuni eng gavjum kunini boshdan kechirdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Mahalliy TOGG avtomobilini ishlab chiqarish ishlari boshlamoqda. Bursa viloyatining Gemlikdagi fabrikasida mahalliy TOGG avtomobili bo‘yicha 2 yil davomida qanday faoliyatlar olib borilgani masaladida ijtimoiy tarmoqlar orali ma’lumotlar bo‘lishildi. Bayonotda, sinab ko‘rish uchun ishlab chiqarish ishlari boshlay deb qolgani aytildi.

 



Aloqador xabarlar