Matbuot sharhlari 07.07.2022

Star: "FETO terror tashkiloti sifatida NATO  hujjatlarida o’rin oldi "

1853018
Matbuot sharhlari 07.07.2022

 

Star: "FETO terror tashkiloti sifatida NATO  hujjatlarida o’rin oldi "

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, shu kunga qadar faqat Yevropa Ittifoqi (YI)da ro'yxatga olingan bo'lginchi terror tashkiloti PKKning endilikda nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki PYD/YPG va Fetullohchi terror tashkiloti (FETO’) ham NATO qaydlarida ekanligini bildirdi.

Hurriyet: “Erdog’an: Somaliga bergan yordamimiz miqdori 1 milliard dollardan oshdi”

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud Prezidentlik majmuasida mushtarak matbuot anjuman o’tkazdi. Erdo'g'an, "Somaliga so'nggi 10 yil ichida bergan yordamimiz miqdori 1 milliard dollardan oshdi. Bugun Somalining ko'p sohada taraqqiyotga erishganini ko'rishdan mamnunman" dedi.

Haber Turk gazetasi: “Akar: “Don koridori” uchun harakat qilamiz”

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Ukraina portlaridan don yuklangan kemalarni evakuatsiya qilish uchun yaratilishi rejalashtirilgan “don koridori” haqida, “Yaqin kelajakda ijobiy natija olish uchun qo’limizdan kelganini qilmoqdamiz”. dedi. Akar, Turkiyaning sa'y-harakatlari xalqaro maydonda  ham qadrlanganini bildirdi.

Vatan: "Abdulhamid Xan burg'ulash kemasi xizmatga tayyor"

Turkiya oʻz flotiga qoʻshgan dunyodagi 5 ta kemadan biri boʻlgan Turkiyaning 4-burgʻulash kemasidagi tayyorgarliklarni joyida koʻzdan kechirgan Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Doʻnmez, “Kemamiz yilning  Avgust oyining birinchi yarmida xizmat qila boshlaydi. uning birinchi vazifasi O'rta yer dengizi bo'lishi mumkin." dedi.

Yeni Shafak: “Yunon polkovnik Turkiyaga qarshi behuda qurollanyapmiz”

Yunoniston Havo Kuchlari Harbiy Akademiyasi o'qituvchisi polkovnik Konstantinos Zikidis, Gretsiyani Turkiya bilan solishtirish qayg'uga sabab bo'lishini aytdi. Polkovnik Zikidis, “Biz Turkiyaga qarshi behuda qurollanyapmiz. “Biz Turkiyaning harbiy sal


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Gazetalar , #Turk

Aloqador xabarlar