Matbuot sharhlari 04.07.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1851574
Matbuot sharhlari 04.07.2022

Star gazetasi: Gretsiya matbuotidan ajoyib e’tirof. Gretsiyaning Ta Nea gazetasining, “Erdo‘g‘anning Muzokara san’ati” deb nomlangan maqolasida, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning NATO Sammitidagi roliga e’tibor qaratildi. Unda, “Turk Prezident xalqaro arenada haligacha muzokara san’atiga ega ekanini Madrid sammitida namoyish etdi. Erdo‘g‘anning xalqaro sohada maxsus tajriba va maqsadlariga erisha olish qobiliyati bor siyosatchi ekanini ba’zan unutyapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Hürriyet gazetasi: Terror tashkilotining Panja-kalit amaliyoti vahimasi. Iroq shimolida joriy yilning 17-apreli kuni boshlagan va muvaffaqiyatli ravishda davom etayotgan “Panja-kalit” amaliyoti orqali mintaqa terroristlardan tozalanmoqda. Xavfsizlik manbaalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra muvaffaqiyatli harakat tufayli PKK terror tashkilotining yuqori darajali yetkachilari, boshqa terroristlarni o‘limga tark etmoqda.

Haber Türk gazetasi: Turkiyada zaryadlash stansiyalariga katta sarmoya kiritilmoqda. Sanoat va texnologiya vazirligi tomonidan Turkiyada elektrli transport vositalarining zaryadlovchi infratuzilmasini yaratish maqsadida, “Elektrli transport vositalari uchun tez zaryadlovchi stansiyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi” orqali 1 milliard liralik sarmoya yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur orqali Turkiya tez zaryadlash hajmini eng tez orttirgan davlatlardan biriga aylanadi.   

Yeni Şafak gazetasi: TEKNOFEST tashabbus dasturi boshladi. TEKNOFEST tashabbus dasturi kecha Istanbulda uyushtirilgan tadbir orqali boshladi. T3 fondining Vasiylik kengashi raisi Selchuk Bayraktar, “Tashabbus dasturi orqali musobaqalarda finalga chiqqan va daraja olgan yoshlarimiz, yurtimizning milliy texnologiya hamlasidagi mustaqil kelajagiga xizmat qilish uchun safarlarini davom ettiradi”.-dedi.  

Sabah gazetasi: Turk pudratchilarining katta muvaffaqiyati. Ish hajmini kundan kunga ortirayotgan Turkiyaning chet eldagi pudratchilik tarmog‘i, yilning ilk yarmida 132 ta loyiha oldi. Unining umumiy qiymati esa 4.6 milliard dollarni tashkil etdi. Turkiyaning chet eldagi pudratchilik tarmog‘i 40 ta firmasi bilan Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan keyin uchinchi qatorda o‘rin olmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar