Matbuot sharhlari 30.06.2022
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an va Bayden uchrashuvi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Ispaniya poytaxti Madridda NATO Davlat va Hukumat rahbarlari sammiti doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashdi. Erdo‘g‘an uchrashuv oldidan bergan bayonotida: “NATOning mustahkamlanishi uchun tashlanadigan qadamlar, eng avvalo Rossiya-Ukraina (tinchlik) jarayoniga alohida hissa qo‘shadi”.-dedi. Erdo‘g‘an shuningdek: “Muvozanat siyosati orqali jarayonni boshqarishga harakat qilyapmiz”.-dedi.
Hürriyet gazetasi: “Madriddagi NATO Sammiti: 2 ta o‘lkaga NATO taklifi. Turkiyaga esa tashakkur”.-degan sarlavhali xabarga o‘rin bergan. Ispaniya poytaxti Madridda uyushtirilgan 32-NATO sammiti ortidan chop etilgan qo‘shma deklaratsiyada: “Bugun Finlandiya bilan Shvetsiyani NATO tarkibiga kirishga taklif qilish va ishtirok etish protokollarini imzolash haqida qaror qabul qildik”.-deyildi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg sammit ortidan bergan bayonotida Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi va “Bu kelishuv ham Turkiya ham da Shvetsiya bilan Finlandiya uchun yaxshi shartnomadir”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.
Star gazetasi: “Turkiya muvaffaqiyati dunyo kun tartibida”.-degan sarlavha bilan ma’lumot tarqatdi. Unda shunday deyiladi: Turkiya qarorliligidan voz kechmadi. Madridda Finlandiya va Shvetsiya bilan qo‘l qo‘ygan uch tomonli memorandumda konkret yutuqlarga erishdi. Memorandum, dunyo ommaviy axborot vositasida keng o‘rin oldi. Jarayonni yaqindan kuzatgan dunyo matbuoti Turkiyaning istaganini olgani haqida yozdi. The Economist jurnali, Turkiyaning Finlandiya va Shvetsiyaning NATO nomzodligi uchun qo‘ygan blokadasini bekor qilgani va Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning uyiga g‘alaba bilan qaytishini qalamga oldi.
Vatan gazetasi: NATO Turkiyaga nozik vazifa berdi. NATO Turkiyaga bir yil davom etadigan nozik vazifa berdi. NATOning mina urushiga qarshi kurashgan dengiz harakat va o‘quv-mashq faoliyatlaridan mas’ul NATOning Minaga qarshi chora-tadbirlarining Dengiz xizmati guruhi-2 ning yetakchiligi bir yilga Turkiyaga topshirildi.
Yeni Şafek gazetasi: Istanbul may oyida sayyohlar masalasida rekord qayd etdi. Istanbul may oyida 1 million 402 ming 366 nafar chet ellik sayyohni mehmon qilish orqali 33 oydan beri eng ko‘p sayyohiga quchoq ochdi.