Matbuot sharhlari 29.06.2022

Sabah "Turkiya xohlaganiga erishdi: Finlyandiya va Shvetsiya terror tashkilotlarini qo'llab-quvvatlamaydi"

1849610
Matbuot sharhlari  29.06.2022

 

Sabah "Turkiya xohlaganiga erishdi: Finlyandiya va Shvetsiya terror tashkilotlarini qo'llab-quvvatlamaydi"

Madridda bo'lib o'tgan To'rtlik sammitidan keyin Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o'rtasida Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayonlari haqida uch tomonlama memorandum imzolandi. “PKK va uning kengayishi bilan kurashda Turkiya bilan to’liq hamkorlik”, “PYD/YPG va FETOni qo’llab-quvvatlamaslik majburiyati” va “Terrorist jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish bo’yicha aniq qadamlar tashlash va ikki tomonlama miqyosda shartnoma tuzish” kabi eng muhim moddalar  qatoriga kiradi.

Star, "Isroil Bosh vaziri Bennetdan Prezident Erdog'anga  maxsus  minnatdorchilik"

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet, “Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an va o’rinbosarlariga Turkiyada Isroilliklarning nishonga olinishini oldini olishda hamkorlik qilganliklari uchun  masxus  minnatdorchilik bildiraman” dedi.

Vatan "Respublika tarixidagi eng yuqori darajaga erishdi"

Xazinachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati parlamentda “2022-yil may oyida eksportimiz yillik 242,6 milliard dollar aylanma bilan respublika tarixidagi eng yuqori darajaga yetdi” dedi.

HabertUrk "Islom hamkorlik tashkiloti Shanliurfani 2023 turizm shahri sifatida tanladi"

Shanliurfa Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining 11-Turizm vazirlari konferentsiyasida 2023-yilning turizm poytaxti etib saylandi.

Yenisafak "THY Barqarorlik mukofoti" bilan taqdirlandi

Turk Havo Yo'llari (THY) xalqaro moliya olamining hurmatli tashkilotlaridan biri World Finance tomonidan "Eng barqaror bayroq tashuvchisi" nominatsiyasida "2022 Barqarorlik mukofoti" bilan taqdirlandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar