Matbuot sharhlari 23.06.2022

Star "Turkiya va Saudiya Arabistonidan qo'shma bayonot" Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Turkiyada bo'lgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan yakkama-yakka uchrashdi.

1847098
Matbuot sharhlari 23.06.2022

 

Matbuot sharhlari 23.06.2022

Star "Turkiya va Saudiya Arabistonidan qo'shma bayonot"

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Turkiyada bo'lgan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan yakkama-yakka uchrashdi. Uchrashuvdan so'ng e'lon qilingan qo'shma bayonotda ikki davlat o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, xavfsizlik va madaniy aloqalarda hamkorlikning yangi davrini boshlashga birgalikda qat'iylik eng kuchli tarzda ta'kidlandi.

Hurriyat “Altun: Turkiyani terrorizmga ishontirish kerak”

Aloqa direktori Fahrettin Altun, "Shvetsiyaning NATOga kirishi uchun yashil chiroqni yoqish, hujum sodir bo'lgan taqdirda Shvetsiya xalqini himoya qilishni o'z zimmamizga olishimizni anglatadi. Shvetsiya uchun bunday mas'uliyatni o'z zimmamizga oladigan bo'lsak, terror hujumlari amalga oshirilmaydi" dedi. Shvetsiyada to’plangan pullar bilan , Suriyada yoki Iroqda Shvetsiya qurollari terror bunkerlaridan chiqmasligiga qat’iy ishonch hosil qilishimiz kerak dedi.

Yeni shafak "Turkiya va Rossiya o'rtasidagi  kritik  sammit: Birinchi aniq natijaga erishildi"

Don ortilgan kemalarning Ukrainadan chiqishi uchun olib borilgan “qizil chiziq diplomatiyasi” doirasida Turkiya va Rossiya harbiy hay’atlari Moskvada uchrashdi. Uchrashuv birinchi aniq natijasini berdi, Turkiya quruq yuk kemasi Ukrainani tark etdi.

Vatan "Turkiyada birinchi! DATA o'z faoliyatini boshladi"

Turkiyaning birinchi dengiz osti sinov infratuzilmasi (DATA) amalga oshirildi. Sinov platformasi sifatida DATA suv osti kemasiga ehtiyoj sezmasdan suv osti o'q-dorilarini sinab ko'rishi va simulyatsiya qilishi mumkin. Sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank, "DATA muhim o'q-dorilarni ishlab chiqish jarayonlarini tezlashtiradi." dedi.

Sabah "Turkiya qishloq xo'jaligi Yevropada birinchi o'rinda"

Istanbulda uyushtirilgan 8-Turk-Arab oziq-ovqat va oziq-ovqat texnologiyalari yarmarkasida Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ebubekir Gizligider , “Turkiya qishloq xo’jalik mahsuloti bo’yicha Yevropada birinchi o’rinda, dunyoda esa birinchi 10 o’rinda” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar