Matbuot sharhlari 21.06.2022
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an bilan Antoniu Guterrish telefon orqali muloqot qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezident Erdo‘g‘an unda global oziq-ovqat inqirozining oldini olishga omil bo‘ladigan Ukraina g‘allasining Qora dengiz orqali eksport qilinishi uchun birgalikda chora ko‘rishni davom ettirganliklarini bildirdi.
Haber Türk gazetasi: Ibrahim Kalindan Finlandiya va Shvetsiya haqida bayonot. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga murojaati va Turkiyaning xavotirlanishlari ustidan muzokaralarning davom etishini va Madrid sammitining muzokaraning oxirgisi emasligini qayd etdi.
Star gazetasi: NATOdan Turkiya haqida bayonot. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO a’zoligi borasida paydo bo‘lgan xavfsizlik tashvishlarini bartaraf etish uchun konstruktiv tusda uchrashuv o‘tkazilgani va munokaralarning davom etishini bildirdi.
Sabah gazetasi: Shento‘p: Turkiya migratsiya masalasida yolg‘iz qoldirildi. Turkiya Buyuk Millat majlisi raisi Mustafa Shento‘p kecha migratsiya boʻyicha uyushtirilgan xalqaro konferensiyada soʻzlagan nutqida, xalqaro hamjamiyatning migratsiya masalasida judayam sust munosabatda ekaniga e’tibor qaratdi. Shuningdek, “Afsuski Turkiya bu migratsiya masalasida yolg‘iz qoldirildi. Turkiyaga kerakli hissa qo‘shilmadi, yordam ham berilmadi. Qolaversa migratsiya masalasida hech qanday javobgarchilik olinmadi”.-deya gapirdi.
Yeni Şafak gazetasi: Turkiyaga sayyohlar oqimi. May oyida Turkiyaga kelgan chet ellik sayyohlar soni o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 308.48 foizga ortdi. Bu orqali ular soni 3 million 824 ming 555 nafarga yetdi.