Matbuot sharhlari 17.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1844865
Matbuot sharhlari 17.06.2022

Hürriyet gazetasi: Tashqi ishlar vazirligidan Germaniyaga javob. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibining Gretsiyani qo‘llab-quvvatlagan, Turkiyani esa nishonga olgan bayonotiga keskin munosabat bildirdi. Bilgich unda: “Nemis kotibning yurtimizning havo sohasini paymol qilgan, qit’amiz ustidan havo qatnovlari yo‘lga qo‘ygan va uchoqlarimizga nisbatan ig‘vogar tarzda muomala qilgan tomon Gretsiya bo‘lishiga qaramay, yurtimizni asossiz tuhmatga qo‘yishini qabul qilish imkonsiz”.-dedi.

Star gazetasi: Hulusi Akar gretsiyalik kasbdoshi Panoyotopulos bilan uchrashdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Gretsiya Mudofaa vaziri Nikos Panoyotopulos bilan uchrashdi. Unda mavjud muammolarni hal qilish uchun aloqa kanallarini ochiq tutish, ijobiy kun tartibiga e’tibor qaratish, buning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bilan o‘zaro va mintaqaviy hamkorlikka hissa qo‘shishi, keskinlikni pasaytirish uchun muloqatni davom ettirishning ahamiyatiga to‘xtalgani ma’lum bo‘ldi.   

Vatan gazetasi: Mehmet Mush: Bu yil eksportni 250 milliard dollarga chiqarishni rejalashtiryapmiz. Savdo vaziri Mehmet Mush kecha bergan bayonotida, “Turkiya sifatida o‘tgan yili 225 milliard dollarlik mahsulot eksport qildik. Bu yilgi rejamiz 250 milliard dollar va undan yuqori. Bu maqsad sari qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Ruslarning Turkiyada dam olish talablari ortmoqda. Rossiyaning Turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR), Turkiyada dam olish talabi ortganini ma’lum qildi. Ular shuningdek, Moskvadan keyin 2-3 kunda Antaliyaga uchoq chiptasi topishning esa imkonsiz holga kelganiga e’tibor qaratdi.  

Sabah gazetasi: Kattakon kruiz kemasi Bodrumga 1 ming 411 yo‘lovchi olib keldi. Bodrumda dengiz turizmidagi gavjumlik davom etmoqda. Roppa-rossa 323 metr uzunlikdagi Italiya bayrog‘i ilingan “Kosta Venesiya” deb nomlangan kruiz kemasi, Bodrumga shu bilan to‘rtinchi marotaba keldi. Asosan nemis, italyan, ispan va portugal bo‘lgan yo‘lovchilarning soni 1 ming 411 nafar. Kema bodrum portiga langar tashladi.



Aloqador xabarlar