Matbuot sharhlari 13.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1842402
Matbuot sharhlari 13.06.2022

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: G‘arbga ishonch yo‘q. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Gretsiyada barpo etilgan bazalarga e’tiroz bildirgan holda, ularning sababi so‘ralganida unga qarshi berilgan javobning judayam ma’noli ekaniga e’tibor qaratdi. Yuqorida nomi tilga olingan bazalarning ruslarga qarshi qurilgani haqidagi javob oldida Prezident Erdo‘g‘an, “Agar ruslarga qarshi qurilgan bo‘lsa unda ruslar qarshisida Ukrainaga qanday yordam berildi? Ukrainani qo‘llash imkoni bo‘ldimi?”-degan savollarni o‘rtaga tashladi. Ortidan esa G‘arbga ishonch yo‘qligini ifoda etdi. 

Star gazetasi: Gretsiyadan Turkiya qarori. Grek hukumatining har gal Turkiya orqasidan yashirin ish qilganini qayd etgan Prezident Erdoʻgʻan, Izmirda uyushtirilgan va dunyoning 37 davlati ishtirok etgan EFES-2022 mashqi ortidan Grek hukumatining Turkiyaga qarshi hech qanday bayonot bermaslik haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. 

Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan: Saylov kelasi yilning iyun oyida. Prezident Erdoʻgʻan, prezidentlik saylovlarining kelasi yilning iyun oyida ekanini bildirdi. Vanda yoshlar bilan uchrashkan Erdoʻgʻan, “Saylovning qachon boʻlishi aniq. Noyabr oyida saylov boʻlmaydi. Saylov kelasi yilning iyun oyida”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Stoltenberg: Turkiyaning  xavotirlanishlari tabiiy. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Turkiyaning terrordan uzoq turmagan Shvetsiya bilan Finlandiyaning NATO tarkibiga kirish sa’y-harakatlariga iliq qaramagani masalasida: “NATOning boshqa a’zolariga qaraganda Turkiyaning terrordan koʻproq ziyon koʻrganini qabul qilishimiz kerak. Turkiyaning  xavotirlanishlari tabiiy”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Sabah gazetasi: Uylariga qaytgan suriyaliklarning taklifi. Suriyaliklarning Turk Qurolli kuchlari uyushtirgan amaliyotlar orqali terrordan qutqarilgan Suriya shimolidagi mintaqalarga qaytishlari davom etmoqda. Toʻrt yil ortidan oʻz uylariga qaytgan Mehmet Horo Izzetin va uning turmush oʻrtogʻi Resmiye Halil Izzetin, “Afrin bizniki. Afrinliklar, uyingizga qayting!”-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar