Matbuot sharhlari 09.06.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1840448
Matbuot sharhlari 09.06.2022

                                    

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Buni qabul qilmaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan bo’lgan uchrashuvi yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Turkiyaning Finlyandiya va Shvetsiyaning NATO a’zoligiga munosabati” haqidagi savolga javoban Erdo’g’an, “Biz Gretsiya va Fransiya bilan boshidan kechirgan voqealarni ushbu davlatlar bilan takror boshimizdan kechirishni xohlamaymiz", dedi.

Hozirda Gretsiyada 9ta Amerika bazasi borligini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Ular kimga qarshi deb so'rasangiz, "Rossiya" deyishadi. Kechirasizlar biz bunga ishonmaymiz" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Chavushog’li: Don tankerlari uchun yaratiladigan xavfsiz yo’lak Qora dengizda amalga oshirilishi mumkin” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o’tkazgan mushtarak matbuot anjumanida, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Turkiya-Rossiya-Ukraina o’rtasidagi mexanizmni o’z ichiga olgan rejasini mantiqiy va amalga oshirilishi mumkin deb baholadik”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “Ug’ur Shahin va O’zlem Turejidan yangi yutuq” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, koronavirusga qarshi BioNTech vaktsinasiga asos solgan turk olimlar Ug'ur Shahin va O'zlem Tureji bu safar saraton kasalligiga qarshi umid baxsh etuvchi kashfiyotni amalga oshirdi.

BioNTech mualliflari Kovid-19 vaktsinasida qo’llanilgan texnologiyadan foydalanib, oshqozon osti bezi saratonini davolaydigan muvaffaqiyatga erishdilar. Xalqaro maydonda ko‘pchilik ushbu kashfiyotga yuqori baho berdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Turkiya uchun o'sish prognozini oshirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) 2022 yil uchun global iqtisodiy o'sish prognozini 4,5 foizdan 3 foizga tushirgan bo'lsa, Turkiya iqtisodiyoti uchun o'sish taxminlarini 3,3 foizdan 3,7 foizga oshirdi.

 

Star gazetasi: “Istanbul aeroportiga birdaniga ikkita mukofot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul aeroporti AQShda joylashgan Global Traveler sayyohlik jurnali tomonidan uyushtirilgan “2022 Leisure Lifestyle Awards”da “Eng yaxshi transfer aeroporti” va “Eng yaxshi oilaviy xalqaro aeroport” mukofotlariga loyiq deb topildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar