Matbuot sharhlari 01.06.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1836049
Matbuot sharhlari 01.06.2022

Haber Türk gazetasi: Chavushoʻgʻlu Shvetsiya va Finlandiya haqida bayonot berdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Shvetsiya va Finlandiyaning NATO tarkibiga kirish haqidagi murojaati boʻyicha “Hamma Turkiyaning tashvishlari hal qilinishi kerak degan fikrda”.-dedi. Chavushoʻgʻlu mavzu haqida shuningdek: “Terror tashkilotlari u mamlakatlarda ochiq-oydin faoliyat olib bormoqda. Terrorizmni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatishlarini istaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.  

Yeni Şafak gazetasi: Ibrahim Kalin, “Chegaralarimizni himoya qilish uchun hech kimdan ruxsat olmaymiz”.-dedi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Suriyaning shimolida uyushtirilishi mumkun boʻlgan yangi harbiy harakat haqida, “Oʻz chegara xavfsizligimizni himoya qilish uchun faoliyat yuritish Turkiyaning eng tabiiy haqqidir. Bu jihatdan biz hech kimdan ruxsat ham olmaymiz”.-dedi.

Sabah gazetasi: Hulusi Akar Suriya amaliyoti haqida bayonot berdi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Suriyada amaliyot uyushtirilib uyushtirilmasligi haqida aniq ma’lumot boʻlishdi. Mudofaa vaziri Akar, Turk Qurolli kuchlarining har qanday vazifaga tayyor ekanini ifoda etgan holda, terroristlarning Suriya shimolidagi oʻrnining esa aslo qabul qilinmasligini oʻz soʻziga ilova etdi.

Hürriyet gazetasi: Ilk chorak oʻsish raqamlari ma’lum qilindi. Turkiya iqtisodiyoti kuchli oʻsish trendini saqlab qolishni davom ettirmoqda. Turkiya statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra Turkiya yilning ilk choragida 7.3 foizga oʻsish qayd etdi.

Star gazetasi: Voleybol boʻyicha Turkiyaning milliy terma jamoasi musobaqani gʻolibiyat bilan boshladi. Voleybol boʻyicha Turkiyaning ayollar milliy terma jamoasi xalqaro voleybol musobaqasining birinchi haftasidagi ilk bahsida Italiyani 3-0 hisobiga magʻlub qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar