Matbuot sharhlari 20.05.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1829567
Matbuot sharhlari 20.05.2022

 

                                       

Vatan gazetasi: “19 may bayrami butun mamlakat bo’ylab keng nishonlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturk 1919-yil 19-mayda Samsunga kelishining 103 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab bayram shodiyonalari o’tkazildi. Turkiya go’yo oq-qizil rangga burkandi. Pandemiyadan keyin maydonlar to'lib-toshar ekan, Anitkabir Anqaradagi bayramlarning markaziga aylandi.

 

Star gazetasi: “Erdo’g’andan qat’iy so’zlar: PKK/YPGni qo’llab-quvvatlaganlarga “Xa” deya olmaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo’lishi uchun rasmiy arizasiga Turkiya tomonidan veto qo'yilganiga munosabat bildirdi.

"PKK/YPGni qo'llab-quvvatlaganlarga rozilik bera olmaymiz. Shvetsiya terror uyasiga aylandi. Bir davlat "yo'q" desa, u NATOga qo'shila olmaydi",- dedi Turkiya Prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Chavushog’lidan hamkorlikka da’vat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Rossiya va Ukrainaning ishlab chiqarishi va eksport imkoniyatlarining kamayishi global oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita ta’sir qilishini ma’lum qildi.

“Bu urush ocharchilikni yanada kuchaytirmasligi uchun xalqaro hamkorlik shart” dedi Mavlud Chavusho’g’li.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya tashqi ishlar vazirligidan Gretsiyaga e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda; “Biz Gretsiya rasmiylari tomonidan asossiz “Pontus” da’volarining yilligi bahonasida qilingan va tarixni butunlay buzib ko‘rsatishga qaratilgan yolg‘on bayonotlarini butunlay rad etamiz”,-deyildi.

 

Xabar turk gazetasi: “To’rtinchi burg’ulash kemasi Turkiyaga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dengizlarda uglevodorod qidirayotgan Turkiyaning to'rtinchi burg'ulash kemasi Mersinning Tashuju portiga yetib keldi. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez, "Tashuju portida ikki oylik tayyorgarlikdan so'ng kemamiz burg'ilashni boshlaydi" dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar