Matbuot sharhlari 16.05.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1827365
Matbuot sharhlari 16.05.2022

 

Sabah gazetasi: “Chavushog'ludan Finlyandiya va Shvetsiya bo’yicha bayonot: Biz ularga qarshimiz, chunki ular terrorizmni qo'llab-quvvatlamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Germaniya poytaxti Berlinda NATO Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida ishtirok etdi.

Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo’lish jarayoni haqida bayonot bergan Chavusho’g’li, “Finlandiya va Shvetsiya terrorizmni qo’llab-quvvatlaganligi uchun NATOga a’zo bo’lishiga qarshimiz”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “NATO Bosh kotibi Stoltenberg Turkiya haqida bayonot berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiya va Finlyandiyaning ehtimoliy a'zo bo'lishi bilan bog'liq holda, "Turkiya muhim ittifoqdosh. Turkiya ba'zi xavotirlarini bildirdi va har doimgidek NATOda xavotirlar mavjud bo'lganda o’zaro til topa olishimizga ishonchim komil",- dedi.

 

Star gazetasi: “Milliy razvedka tashkiloti Kobanida operatsiya o’tkazdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti kuchlari Suriyaning Kobani hududiga yashiringan “Hayri” laqabli terroristni yo’q qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasidan dam olish uchun yo’llanma: Turkiya tengi yo’q” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Rossiya Turoperatorlar Uyushmasi (ATOR) tomonidan berilgan ma’lumotda Turkiya taqdim etgan imkoniyatlar bilan raqobatchi davlatlarni ortda qoldirgani ta'kidlandi. Rus sayyohlarga nisbatan munosabat Turkiyada a’lo darakada ekani qayd etildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Mega yaxta Bodrumda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Dunyoning 22- eng uzun yaxtasi bo'lgan 'Flying Fox' Mug'laning Bodrum tumani qirg'oqlariga langar tashladi. Uzunligi 136 metr, kengligi 21 metr bo‘lgan Kayman orollari bayrog‘i osilgan mega-yaxta kimga oid ekani  noma’lum.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar