Matbuot sharhlari 13.2022

Fransiyaning poytaxti Parijdagi Turkiya Bosh konsulligiga kimligi noma’lum shaxs yoki shaxslar qo’lda yasalgan bomba bilan hujum qildi.

1826320
Matbuot sharhlari 13.2022

 

Vatan: “Parijdagi Turkiya Bosh konsulligiga bombali hujum uyushtirildi”

Fransiyaning poytaxti Parijdagi Turkiya Bosh konsulligiga kimligi noma’lum shaxs yoki shaxslar qo’lda yasalgan bomba bilan hujum qildi. Hujum bosh konsullik binosiga zarar yetkazgan. Manbalar xabariga ko'ra, hujum uchun javobgarlikni bo'lginchi terror tashkiloti PKKga aloqador tuzilmalar o'z zimmasiga olgani ma'lum bo'ldi.

Yeni Shafak: “Erdog’an: Tokioda g’ururlandik, endi Parijda”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Turkiyaning Tokio-2020ga 87 nafar sportchi jo'natganini va bu bilan Paralimpiya o'yinlari tarixidagi eng ko'p sportchiga ega tashkilot bo'lganini aytdi. Turk sportchilarning xalqaro chempionatlarda ko’plab medallar qo’lga kiritganiga diqqat qaratgan Erdog’an, “2024 Parij olimpiadalarida ham sportchi soni, ham qo’lga kiritgan medallar bo’yicha yangi rekord o’rnatishimizga ishonaman” dedi.

Haber Turk: “Turkiya fuqaroligini olish chegarasi oshirildi”

Ko'chmas mulk sotib olish yo'li bilan olingan Turkiya fuqaroligi chegarasini 250 ming dollardan 400 ming dollarga oshirgan Prezident qarori Rasmiy gazetada chop etildi. Qaror bir oydan keyin kuchga kiradi. Nizomga kiritilgan boshqa o'zgartirish bilan xususiy pensiya tizimiga kamida 500 ming dollar yoki ekvivalent chet el valyutasi hissasi bilan kirgan va tizimda 3 yil qoladigan xorijliklarga Turkiya fuqaroligi berilishi mumkin. Qaror bugundan kuchga kirdi.

Star: "Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi asr loyihasi"

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailog'lu, Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi Zangezur temir yo'li va avtomobil yo'li liniyasining foydalanishga topshirilishi bilan Istanbuldan Xitoyga olib boradigan koridor amalga oshirilishini bildirdi. Yo‘lak Osiyo davlatlarining Yevropaga arzon narxlarda mahsulot eksport qilishiga yo‘l ochadi va Turk dunyosini yaqinlashtiradi.

Sabah: “Chet ellik talabalar Istanbul aeroportiga qoyil qolishdi”

Angliyaning Birmingem shahridagi Birmingem Universitet kollejida aviatsiya va turizm bo'yicha tahsil olayotgan talabalar ta'lim safari uchun Istanbulni afzal ko'rdilar. Dunyoning turli davlatlaridan kelgan 60 nafar talaba Istanbul aeroportini hayratda qoldirdi. "Men hech qachon bunday mukammal aeroportni ko'rmaganman", dedi latviyalik talaba Aija Busa.

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar