Matbuot sharhlari 05.05.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1822315
Matbuot sharhlari 05.05.2022

Sabah gazetasi: Anqara bilan Yerevan nozik uchrashuv oʻtkazdi. Turkiya va Armanistonning normallashuv jarayoni maxsus vakili-elchi Serdar Kilich bilan Armaniston parlamenti raisi oʻrinbosari Ruben Rubinyan oʻrtasidagi uchinchi uchrashuv Venada boʻlib oʻtdi.

Star gazetasi: Turkiyadan yordam soʻradilar: Mariupolni qutqaring. Germaniyada yashagan ukrainaliklar Turkiyadan yordam soʻradi. Turkiyaning Berlindagi elchixonasi oldida yigʻilgan yuzdan ortiq Ukraina fuqarosi turk tilida, “Turkiya Mariupolni qutqar” degan shiorlar bilan chiqdi.

Haber Türk gazetasi: Oʻtgan yili 2 milliard dollarlik kema eksport qilindi. Yalovaning Altinova tumanidagi SANMAR kemasozlik zavodida boʻlgan Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Vatank, qayiqlarni dengizda sinab koʻrdi. Turk dengizchilik tarmogʻining oxirgi yillarda rivojlanganini qayd etgan Varank, “Turkiya faqatgina oʻtgan yili 2 milliard dollarlik kema eksport qildi”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Bodrumga tarixning eng yirik yoʻlovchi kemasi keldi. Mugʻlaning Bodrum tumanida tarixning eng yirik yoʻlovchi kemasi keldi. Italiya bayrogʻi ilingan 323 metr uzunlikdagi 135 ming tonnalik “Costa Venezia” deb nomlangan kema hashamatli mehmonxona qulayligida 2 ming 116 kabina, 1 ming 254 yo‘lovchi va 1 ming 78 nafar personalni oʻz ichiga olgan. Aksariyati nemis, italyan va rus millatiga mansub sayyohlar Bodrumga tashrif buyurib, sayohat qildi.

Hürriyet gazetasi: Belgiya oʻrmonlarini Turk terminatori himoya qiladi. Belgiyaning Antverp va Limburg shtatlari, mamlakatdagi oʻrmonlarini eng yirik dushmanlari hisoblangan qurtlarga qarshi himoya qilish uchun Turkiya yordamiga murojaat qildi. Shu maqsadda Turkiyadan “Terminator hashorat” degan nom bilan tanilgan “Calosoma Sycophanta” jinsiga mansub 100 dona hashorat import qilindi.

 



Aloqador xabarlar