Matbuot sharhlari 28.04.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1819461
Matbuot sharhlari 28.04.2022

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an g’arb mamlakatlarida kuchaygan islomofobiyaga diqqat qaratdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo’g’an ba’zi Yevropa davlatlari musulmonlarga dushmanlik qilib, hatto Qur’onni yoqish orqali siyosiy foyda olishga harakat qilayotganiga diqqat qaratdi. Bu vandalizmning jaholatdan kelib chiqqanligini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Qur'onni tarjimasi bilan o'qigan hech bir inson bu muborak kitobga dushmanlik qilishi mumkin emas" dedi.

 

Vatan gazetasi: “Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurashda qat’iy munosabat bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Iroq shimolida terror tashkiloti PKKga qarshi barcha g'orlar tozalanguncha "Panja qulf" operatsiyasi yakunlanmasligini bildirdi. Akar “Oxirgi terrorist yo’q qilingunicha faoliyatlarni davom ettiramiz” dedi.

 

Star gazetasi: “Turk-Ay konferensiyasi tashkil etildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo 5 ta davlat o’rtasida Turk Konstitutsiyaviy sudi bo’yicha hamkorlik tuzildi. Istanbuldagi Dolmabahche saroyida imzolangan hujjat asosida, Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo 5 ta davlatning Konstitutsiyaviy sudlari o'rtasidagi aloqalar yanada kuchayishi maqsad qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Yana bir mashhur Istanbulni tanladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, "Mariya Kallas: Maktublar va Xotiralar" nomli spektaklini sahnalashtirish uchun Istanbulga kelgan italyan aktrisa Monika Belluchchi, "Kelajakda Istanbulga joylashishim mumkin" dedi.

Afsonaviy fransuz aktyori Jerar Depardye ham Fransiyani tark etib, Istanbulda yashashini ma’lum qildi. Ko'pgina mashhurlar Istanbulni Yevropaning ko'plab shaharlaridan ko'ra chiroyli, yoqimli va jonli shahar deb o'ylashadi.

 

Yeni shafak gazetasi: “FIBA Yevropa kubogida chempion Bahcheshehir kolledji” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Basketbol bo‘yicha FIBA ​​Yevropa kubogi finalida Italiya vakili Reggio Emiliyani ilk bahslarda 72-69 hisobida mag‘lub etgan Bahcheshehir kolledji o‘z maydonida raqibini 90-74 hisobida mag‘lub etib chempion bo‘ldi va Yevropadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar