Matbuot sharhlari 26.04.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1818012
Matbuot sharhlari 26.04.2022

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’andan Baydenga 1915 yil voqealari bo’yicha e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Baydenning 1915 yil voqealari bilan bog'liq bayonotiga munosabat bildirdi. "Janob Bayden armanlar bilan tarixni juda yaxshi o'rganishi va bilishi kerak. Bilmay turib Turkiyaga qarshi chiqishga uringanini kechira olmaymiz" dedi Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Guterishdan Erdo’g’anga minnatdorlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an kecha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishni qabul qildi. Uchrashuvda Rossiya-Ukraina urushi muhokama qilinar ekan, Guterrish Erdo’g’anga Ukrainada urushni to’xtatish bo’yicha sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Braziliya Lotin Amerikadagi eng yirik hamkorimiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Braziliya Turkiyaning Lotin Amerikadagi eng yirik hamkori ekanligini va ushbu mamlakat bilan turizm sohasida hamkorlikni oshirish istagini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Hulusi Akar: Hudud liniyasini butunlay qisuvga olamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, “Panja qulf” operatsiyasi doirasida hozirgacha 56 nafar jangari yo’q qilinganligini ma’lum qildi.  

“Operatsiyamiz rejalanganidek katta muvaffaqiyat bilan davom etmoqda. Operatsiyamiz muvaffaqiyatli yakunlanishi bilan biz chegara chizig'ini butunlay to’sib tashlaymiz. Jangarilar bundan buyon chegaramiz hududiga kira olmaydı”,- dedi Hulusi Akar.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiyada kompyuter o’yinlari bozori rivojlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada O'yin va Esportlar agentligi katta menejeri Ozan Aydemir, Turkiyadagi Gaming tomonidan chop etilgan Turk O'yin Industriyasi 2021 Hisoboti bilan bog'liq bayonotida, Turkiyaning o'yin sanoatidagi ulushi 1 milliard 200 million dollarga ko'tarilganini va raqamli o’yinchilar soni 42 millionga yetganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar