Matbuot sharhlari 19.04.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1814410
Matbuot sharhlari 19.04.2022

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: Terrorni tahdid soluvchi unsurlar qatoridan chiqarishda qarorimiz qat’iydir. Elchilar bilan iftor ziyofatida uchrashgan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, “Terrorga qarshi kurashda ham Suriya ham da Shimoliy Iroq xavfsizligi uchun qadam tashlashdan tortinmayapmiz. Manbai kim va qayer bo‘lishidan qat’iy nazar har qanday terrorga qarshi uzluksiz kurash olib boryapmiz”.-dedi. Erdo‘g‘an, “Terrorni yurtimiz, mintaqamiz va butun insonlik uchun bir tahdid tug‘diruvchi unsur qatoridan chiqarishda qarorimiz qat’iydir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Terrorga oxirgi panja. Turk Qurolli kuchlari Iroq shimolida PKK terror tashkilotiga qarshi “Panja kalit harakati” boshlatdi. Oldingi Panja harakati orqali Haftanin, Metina, Avashin va Hakurkda nazoratni qo‘lga olgan Turk askarlari, oxiri Zapni ham qutqargan holda chegaradan, 25-30 kilometr teranglikdagi xavfsizlik devorini tamomlaydi.

Star gazetasi: PKKning mag‘lubiyatga uchrashi, Ozarbayjonni ham yaqindan qiziqtiradi. Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroqning shimolida boshlatilgan “Panja kalit” amaliyoti Ozarbayjonda ham mamnuniyat bilan qarshi olindi. Ozarbayjonlik tahlilchi Turan Rzayev, “Armaniston 27 yillik ishg‘ol davrida PKK a’zolarini bosib olgan Qorabog‘ga joylashtirdi. Roppa-rosa 44 kunlik urush jarayonida Armaniston PKKdan yordam oldi. Shu doirada Iroq shimoli orqali yuzlab terrorist jang uchun Qorabogʻga keldi. Shunday ekan PKKning mag‘lubiyati Ozarbayjonni ham yaqindan qiziqtirmoqda”.-dedi.

Sabah gazetasi: Eren blokada-2 amaliyoti boshlatildi. Ichki ishlar vazirligi koordinatsiyasida PKK terror tashkilotini mamlakat kun tartibidan chiqarish va mintaqadagi terroristlarni butunlay yo‘q qilish maqsadida Hakkarida, “Eren blokada-2” amaliyoti boshlatildi. Unda 654 personal bilan 42 nafar maxsus topshiriqli askar ishtirok etmoqda.

Haber Türk gazetasi: Turkiyadan Polshaga vizasiz rejim. Polsha Respublikasi fuqarolarining Turkiyaga bo‘lgan turistik sayohati bilan tranzit o‘tishlarida viza talab qilinmasligi haqidagi prezident qarori, rasmiy gazetada chop etildi. Ushbu qarorga muvofiq, Polsha pasportiga ega fuqarolar Turkiyaga kelgan har bir 180 kun ichida 90 kun vizasiz yurish huquqiga ega.



Aloqador xabarlar