Matbuot sharhlari 22.03.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1799774
Matbuot sharhlari 22.03.2022

Hürriyet gazetasi: Kalin: Bu urushdan hech kim g‘olib chiqmaydi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi urush haqida, “Bu urushdan hech kim g‘olib chiqmaydi. Dunyoning 2-3 sovuq urushni ko‘tara oladigan ahvoli yo‘q”.-dedi. Turkiyaning urushni tugatish uchun kuch-g‘ayrat sarf etganini ta’kidlagan Kalin, “Biz, ham Rosiya ham da Ukraina tomoni bilan yaqin aloqada bo‘lib, faoliyatimizni davom etamiz”.-dedi.

Star gazetasi: Italiya Turkiya o‘rtamchiligini qo‘llab-quvvatladi. Turkiyaning Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan olib borgan diplomatik faoliyati haqida bayonot bergan Italiya Tashqi ishlar vaziri Luigi Di Maio, ushbu o‘rtamchilik faoliyatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi. Di Maio, Turkiyaning, tomonlarni kelishib olishga yetaklagan muloqat uchun muhim davlat ekanini ta’kidladi.

Haber Türk gazetasi: Yana 63 nafar tadqiqotchi Turkiyaga kelmoqda. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Turkiyaning ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashining (TÜBİTAK) maxsus dasturi orqali yana 47 nafari turk, jami 63 nafar tadqiqotchining o‘z faoliyatini Turkiyada yuritishini ma’lum qildi. Mustafa Varank: “Bu orqali yurtimizning ilm-fan, innovatsion ekotizimini yana-da mustahkamlaymiz.”-dedi.

Vatan gazetasi: Turkiya mudofaa sanoatining Dohadagi faoliyati. “Doha Xalqaro dengiz mudofaa yarmarkasi va konferensiyasi (DIMDEX 2022)”, o‘z ishini kecha Qatarda boshladi. DIMDEX 2022 doirasida 3 kun davomida dunyoning 20 davlatidan 200 dan ortiq firma mahsulotlari namoyish etiladi. Ular orasida Turkiya mudofaa sanoatidan 32 shirkat ham ishtirok etar ekan, Turk firmalariga oid standlar turli davlatlardan tashrif buyurgan hay’atlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Qoniya, “2023 Jahon sporti poytaxti”, deb tanlandi. Qoniya, Yevropa sport poytaxtlari va shaharlari federatsiyasi (ACES Europe) tomonidan “2023 Jahon sporti poytaxti”,-deb e’lon qilindi. Qoniya global miqyosdagi eng yorqin sport unvonlaridan biri bo‘lgan, “Jahon sporti poytaxti” unvoniga sazovor deb topilgan Turkiyadagi birinchi, Yevropadagi esa Ispaniya poyaxti Madriddan keyingi ikkinchi shaharga aylandi.

 



Aloqador xabarlar