Matbuot sharhlari 18.03.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1798081
Matbuot sharhlari 18.03.2022

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an bilan Putin telefon orqali muloqat qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdoʻgʻan, ba’zi masalalarda kelishib olinishi jihatidan muzokara oʻtkazilishi mumkunligiga e’tibor qaratgan holda Putin bilan Ukraina Davlat rahbari Vladimir Zelenskiyni, Istanbul yoki Anqarada mehmon qilish haqidagi taklifini takrorladi.

Hürriyet gazetasi: Chavushoʻgʻlu: Oʻq uzishni toʻxtatish uchun umidlarimiz ortdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Moskvaga boʻlgan tashrifi ortidan Ukrainaga bordi. Ukrainaning Lvov shahrida Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba bilan uchrashdi. Chavushoʻgʻlu uchrashuv ortidan bergan bayonotida, oʻq uzishni toʻxtatish uchun umidlar ortganiga e’tibor qaratdi.

Star gazetasi: Kuleba: Jasoratingiz Turkiyaning faol ishtirokchi ekanidan dalolat bermoqda. Turkiyani, Rossiya-Ukraina urushini toʻxtatishda kafil davlatlar qatorida koʻrishni istaganliklarini qayd etgan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻuning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Kuleba, “Qat’iy qaroringiz, jasorat va tashrifingiz Turkiyaning faol ishtirokchi ekanidan dalolat bermoqda”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Turklar yashagan joylarda oila atteshesi ochiladi. Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Derya Yanik, chet elda ayniqsa Yevropada yashagan turklarning ba’zi muammolariga e’tibor qaratgan holda, “Turklar yashagan har joyda oila atteshesi ochish niyatidamiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Jahon Sogoʻlikni saqlash tashkiloti Turkiyaga maqtov yogʻdirdi. Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi yetakchisi Hans Kluge, “Yevropada mingratsiya va sogʻlikni saqlash masalalari” deb nomlangan yigʻilishni nima uchun Istanbulda oʻtkazmoqchi boʻlganliklariga e’tibor qaratdi. Qayd etilishicha bunga sabab, Turkiya, muhojirlarni bir-biridan ajratmay hammaga teng tibbiy xizmat bergan.

 

 

 



Aloqador xabarlar