Matbuot sharhlari 22.02.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1782878
Matbuot sharhlari 22.02.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Senegal bilan yangi savdo rejasini ma’lum qildi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Dakarda Senegal-Turkiya biznes forumida so‘zlagan nutqida Senegal bilan savdo rejasini ma’lum qildi. “Janob Prezident bilan 400 millionlik savdo hajmi maqsadimizga erishdik. Bundan keyingisi 1 milliard dollar. Mushtarak saʼy-harakatlarimiz orqali bu koʻrsatkichga ham qisqa vaqt ichida erishishimizga ishonchim komil”.-dedi.

Sabah gazetasi: Shentoʻp: Gruziya mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashni davom etamiz. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentoʻp, amaliy tashrif uyushtirgan Gruziyada, “Gruziya mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlashni davom etamiz. Bu boradagi pozitsiyamizni har platformada ta’kidlayapmiz”.-dedi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya Insonsiz havo transporti masalasida tashqariga boʻlgan qaramlilikdan qutildi. Baykar texnologiya lideri Selchuk Bayraktar, “Turkiya Insonsiz havo transportlari masalasida tashqariga boʻlgan qaramlilikdan qutildi. Insonsiz havo transportlari, dunyoning eng yaxshilari qatorida”.-dedi. Bayraktar, Insonsiz havo transporti sohasida Turkiyaning dunyoda ilk uchda oʻrin olishini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

Star gazetasi: Yanvar oyida Turkiyaga kelgan chet elliklar soni 1 milliondan oshdi. Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga koʻra yanvar oyida Turkiyaga 1 million 281 ming 666 nafar chet ellik kelgan. Ular orasida eng koʻp Rossiyadan 134 ming 215 kishi kelar ekan Bolgariyadan 109 ming 971, Erondan esa 106 ming 957 sayyoh kelgani qayd etildi.  

Yeni Şafak gazetasi: THY rekord darajada qatnov yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda. Turk havo yoʻllari kelasi yoz mavsumida Antaliya, Dalaman, Bodrum-Milas va Izmirdan dunyoning 29 mamlakatidagi 47 shaharga 388 frekans toʻgʻridan-toʻgʻri qatnov yoʻlga qoʻyib, Turkiyani, mintaqaning turizm markaziga aylantiradi.

 

 



Aloqador xabarlar