Matbuot sharhlari 18.01.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1764559
Matbuot sharhlari 18.01.2022

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an FETOga qarshi kurashga e’tibor qaratdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Tiranada Albaniya Bosh vaziri Edi Rama bilan shartnomalarni imzolash marosimi va mushtarak matbuot anjumanida bayonot berdi. Prezident Erdo‘g‘an unda, Fetullohchi terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurash borasida Albaniyadan yana-da ko‘proq umidvorligini belgilab o‘tgan holda, “Qolida begunohlar qoni bor bu tuzilmaning nafaqat Turkiya, balki kirib borgan boshqa davlatlarga ham xavf tugdirayotgani o‘rtada. Shunday ekan bundan buyon Albaniyadagi FETO tashkilotiga qarshi yana-da tez va qarorli qadamlar tashlanishini kutamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Albaniya Bosh vaziri Edi Rama: “Erdo‘g‘an aytganlarini bajaradigan insondir”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Albaniyaning Lach shahrida Turkiya tomonidan qurilgan uylarni topshirish marosimida ishtirok etdi. Marosimda so‘zga chiqqan Albaniya Bosh vaziri Edi Rama, shaxsiga tez-tez Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan yaqin do‘stligi haqida savollar berilganini yodga solgan holda, “Bunga beradigan javobim juda oddiy. Prezident Erdo‘g‘an aytganlarini bajaradigan va qilganini aytgan insondir”.-dedi. Shuningdek, “Ishoning, bugungi davrda va diplomatiyada (Tashqi ishlar vaziri) Mevlut (Chavusho‘g‘lu) juda yaxshi biladi, “ha”degani “ha”; “yo‘q” degani “yo‘q” degan insonni topish oson emasdir”.-deya gapirdi.

Star gazetasi: Qarornomaga qo‘l qo‘yildi va bundan buyon Turkiyadan olib boriladi. Gruziya bozori Turkiyadan olib boriladigan dori-darmonga o‘z darvozasini ochdi. Gruziya Bosh vaziri Irakli Garibashvili, tegishli qarornomaga qo‘l qo‘ydi.

Haber Türk gazetasi: Turkiyada quyosh energiyasi kuchi 7 ming 816 megavattga yetdi. Turkiyaning quyosh energiyasi kuchi 8 yil ichida 40 megavattdan 7 ming 816 megavattga chiqdi. O‘tgan yili tarmoqqa 1 ming 149 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi qo‘shildi.

Vatan gazetasi: Antaliya sayyohlar sonini o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan uch barobarga oshirdi. Antaliya aeroportiga 1-yanvardan 16-yanvargacha 808 uchoq orqali 78 ming 538 sayoh keldi. Bu orqali sayyohlar soni 2021-yilning huddi shu davriga nisbatan uch barobarga ko‘p deb qayd etildi. Ulardan eng ko‘pi Rossiya va Germaniyadan kelgani aniqlandi.   



Aloqador xabarlar