Matbuot sharhlari 14.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1762415
Matbuot sharhlari 14.01.2022

 

Vatan "Erdog'an: Yevropa Ittifoqi bizning strategik ustuvorligimiz bo'lib qoladi"

Prezident Rejep Tayyip Erdog’an, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchilari bilan Anqarada bo’lib o’tgan yig’ilishda, “Yevropa Ittifoqi 2022-yilda strategik miyopiyadan qutulib, Turkiya bilan munosabatlarni rivojlantirishda yanada dadilroq harakat qilishiga umid qilamiz. Turkiya, Geografik, tarixiy va insoniy jihatdan Yevropa qit'asining bir qismi bo'lgan "Yevropa Ittifoqi bizning strategik ustuvorligimiz bo'lib qolmoqda" dedi.

Haberturk "Turkiyaning birinchi cho'ntak sun'iy yo'ldoshi Grizu-263 kosmosga uchirildi"

Bulent Ejevit universiteti tomonidan ishlab chiqilgan Turkiyaning birinchi cho'ntak sun'iy yo'ldoshi Grizu-263A, SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi bilan AQShning Kanaveral burni uchirish bazasidan koinotga muvaffaqiyatli uchirildi.

Sabah gazetasi Aloqa raisligidan "Salom Turkiya" kompaniyasi

Prezidentlik Aloqa  Rahbariyati, mamlakatning milliy va xalqaro nomining “Turkiya” sifatida ishlatilishini xalqaro mediada yanada samaraliroq e’lon qilish maqsadida “Salom Turkiya” kampaniyasini boshladi.

Star gazetasi, "Germaniya OAVlari: Turklar katta o'ylaydi".

Germaniyaning Focus nashrida Turkiyaning mahalliy avtomobili TOGG uchun maqtovli maqola chop etildi. Maqolada, TOGG yangi davr ramzi ekanligi ta'kidlanib, Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'anning mahalliy avtomobil sanoati uchun sa'y-harakatlar qilgani ta'kidlandi.

Yeni Shafak "Dunyodagi birinchi ko'p maqsadli uchuvchisiz qiruvchi samolyot: Akınj Bayraktar"

Harbiy va mudofaa sanoati mavzularida nashr qilgan Oryx Blog, Turkiyaning 10 yildagi mudofaa muvaffaqiyatini sarhisob qilgan maqola yozdi. Maqolada, Bayraktar Akinchining ko'p rolli xususiyatlariga e'tibor qaratib, o'q-dorilariga yangilarini qo'shgani ta'kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk Matbuot

Aloqador xabarlar