Matbuot sharhlari 13.01.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1761771
Matbuot sharhlari 13.01.2022

 

Hurriyat gazetasi: “Hurjet muntazam ishlab chiqariladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an rahbarligida Prezidentlik majmuasida o’tkazilgan Mudofaa sanoati ijroiya qo’mitasi yig’ilishida Turk Qurolli Kuchlari va xavfsizlik bo’linmalari tomonidan qo’llanilayotgan ichki va milliy tizimlarga yangilarini qo’shish masalalari muhokama qilindi. Keyingi yil birinchi parvozi rejalashtirilgan HURJET o'quv va engil hujum samolyoti uchun birinchi bosqich variantini ishlab chiqarish qarori qabul qilindi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya Sharqiy O’rta yer dengizida muvozanatni o’zgartirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiyaning energiya manbalari orqali Sharqiy O'rta yer dengizini beqarorlashtirish siyosati Turkiyaning qat'iy pozitsiyasi tufayli birin-ketin cho'kmoqda. Amerika Qo'shma Shtatlari Turkiyani chetlab o’tishga harakat qilingan EastMed quvur liniyasiga yordamini chekladi. Ma’lum bo‘lishicha, Fransiyaning Total va Amerikaning ExxonMobil kompaniyalari ham Girit oroli yaqinida seysmik tadqiqot faoliyatini to‘xtatgan.

 

Vatan gazetasi: “Fahriddin Ko’ja: Turcovak vaksinasidan xavfsiz foydalanishingiz mumkin” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan va sinovlarning barcha bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan va shoshilinch foydalanishga ruxsat berilgan Turkovac mahalliy vaktsinasi Xitoyning Sinovac vaktsinasidan samaraliroq ekanligini aytdi.

Turkovacning Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti talablariga ham javob berishini ta'kidlagan Ko’ja, "Hech kim Turkovac vaktsinamizdan xavfsiz foydalanishimiz mumkinligini baland ovozda aytishdan tortinmasligi kerak" dedi.

 

Star gazetasi: “Harbiy kemalarni almashtirishga qaror qilgan Marokash Turkiya bilan kelishib oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Marokash matbuoti, Marokash qirollik dengiz floti Turkiya bilan 7 ta tezkor hujum kemasi va bitta Corvet sotib olish bo'yicha kelishib olganini yozdi. Muzokaralar 2021-yil oktabr oyida boshlanganini yozgan mahalliy matbuot kelishuvning umumiy qiymati 222 million dollarni tashkil etganini bildirdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, yetkazib berish 2022 yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Marokash Turkiya harbiy sanoati uchun tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan eng yirik bozorlaridan biriga aylanib borayotgani qayd etilgan.

 

Sabah gazetasi: “THY Yevropada yetakchilikni qo’ldan boy bermadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Global kompaniyalar 2021 yilni zarar bilan o'tkazdilar, chunki Covid-19 epidemiyasi aviakompaniyalarga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Bankrot boʻlgan aviakompaniyalar soni koʻpaygan boʻlsa-da, jahon aviakompaniyalari faqat davlat koʻmagi bilan o’zini tiklab qoldi.

 Epidemiya davrida ko'plab aviakompaniyalar parvozlarini to'xtatib, o'z faoliyatiga tanaffus qilgan bo'lsa, THY yangi parvoz yo'nalishlarini ochish orqali o'sishni davom ettirdi. U Yevropadagi yetakchilikni qo‘ldan boy bermadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar