Matbuot sharhlari 12.01.2022
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Haber Türk: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu: “Qozog‘istonning yonidamiz”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha bergan bayonotida “Butun imkonimiz bilan Qozogʻistonning yonidamiz va barcha imkoniyatlarimizni safarbar qilishga tayyormiz”, — dedi.
Hürriyet gazetasi: Hulusi Akar: 22 terrorist yo‘q qilindi! PKK/YPG obyektlarini vayron qilishni davom etamiz. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar mamlakatning Shanliurfa viloyatiga qarashli Akchakale tumanida 3 askarni shahid qilgan terror hujmi bilan bog‘liq: “PKK/YPG obyektlarini vayron qilishni davom etamiz. Shu kungacha 22 terrorist yoʻq qilindi. Jazolash amaliyotimiz sur’at bilan davom etadi”.-dedi.
Sabah gazetasi: Turkali-1 qudug‘ida muvaffaqiyatli oqish testi. Turk Milliy neft korporatsiyasi Sakariya gaz konidagi Turkali-1 aniqlash qudug‘idagi birinchi rezervuar darajasida amalga oshirgan quduq oqimi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi.
Star gazetasi: Germaniyaga bo‘lgan eksportda rekord o‘rnatildi. Turkiya o‘tgan yili eng ko‘p mahsulotni Germaniyaga eksport qildi. Turkiya 2021-yili Germaniyaga yo‘lga qo‘ygan eksportda, yillik bazada 22,9 foiz ortish bilan 17 milliard 705,4 million dollargacha daromad olar ekan bu orqali tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Yeni Şafak gazetasi: Turkiyadan yana 5 davlatga havo qatnovlari boshladi. Yangi turdagi koronavirusga qarshi chora-tadbirlar doirasida Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tomonidan toʻxtatilgan Janubiy Afrika, Botsvana, Mozambik, Namibiya va Zimbabvega kecha havo qatnovlari takror boshladi.