Matbuot sharhlari 10.01.2022

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1760014
Matbuot sharhlari 10.01.2022

Sabah gazetasi: Turkiya Qozog‘iston uchun yordamga tayyor. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Qozog‘istonning imkon qadar tezroq barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikka erishishini tilaganliklarini bildirdi. Turkiya va Turk Davlatlari Tashkiloti sifatida Qozog‘istonga har tomonlama yordam berishlarini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu, “Turk dunyosining dardi bizning dardimizdir. Buni Qorabog‘ g‘alabasida butun dunyo ko‘rdi” dedi.

Sabah gazetasi: TORKOVAC katta qiziqish uyg‘otdi. Yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi ishlab chiqilgan mahalliy Turkovac vaksinasi 30-dekabrdan boshlab barcha shahar shifoxonalarida qoʻllanila boshladi va fuqarolar ham vaksinaga katta qiziqish bildirdi. Shifoxonalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra oxirgi bir haftada emlanmoqchi bo‘lgan yurttoashlarning 50 foizi Turkovac vaksinasini tanlagan. Mahalliy vaktsinaning dunyoning ko‘plab mintaqalari uchun ham umid bo‘lishi kutilmoqda.

Star gazetasi: Sanoat tarmog‘ida tarixiy muvaffaqiyat. Turk sanoat tarmog‘i o‘tgan yili tashqi savdoda 170 milliard dollardan ortiq eksport orqali tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.  Sanoat guruhi tarkibiga 16 tarmoq ham o‘tgan yili eksport hajmini orttirdi. Shunday qilib, sanoat guruhidagi barcha tarmoqlar 2021-yili eksportda o‘sish qayd etdi. O‘tgan yili sanoat eksportida eng yuqori talab Germaniyadan keldi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya sog‘likni saqlash turizmida joziba markaziga aylandi. 2020- yili Turkiyada qariyb 1 million estetik muolajalar amalga oshirildi. Jarrohlik bo‘lmagan muolajalarda botoks, jarrohlik muolajalarida esa burun operatsiyalari birinchi o‘rinni egalladi. Turkiya estetika bo‘yicha chet ellik bemorga ega ikkinchi davlat bo‘ldi. Daromad darajasi yuqori bo‘lgan chet elliklar plastik jarrohlik uchun Turkiyani tanlamoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Mahalliy avtomobil bu yil ommaviy ravishda ishlab chiqarish faoliyatiga tayyor bo‘ladi. Turkiyaning TOGG avtomobili bozorga chiqqanida kamida 200 eng ko‘p 3400 ot kuchi bilan 0 dan soatiga 100 kilometrgacha bo‘lgan masofaga 4,8 soniyada yetib borib, 500 kilometr uzoqlikka bora oladi. Avtomobil 2022-yilning 4-choragida ommaviy ishlab chiqarishga tayyor bo‘lar ekan, sertifikatlashtirish ishlari yakunlanganidan keyin 2023-yilning 1-choragida ommaviy ishlab chiqarish ishlari boshlanadi.

 



Aloqador xabarlar