Matbuot sharhlari 31.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1755263
Matbuot sharhlari 31.12.2021

Sabah gazetasi: Vladimir Putin Prezident Erdo‘g‘anni yangi yil bilan tabrikladi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, yangi yil bilan tabrikladi. Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Putin Erdo‘g‘anga, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi jarayonidagi qiyinchiliklarga qaramay iqtisodiy hamkorlik bosh bo‘lish bilan birga energiya va harbiy-texnik sohalarda, Rossiya-Turkiya munosabatlarining rivojlantirilishi ustidan ijobiy tusda qadamlar tashlanganini ifoda etgan.  

Yeni Şafak gazetasi: Ibrahim Kalin Anqaraning Vashingtonga maktub yo‘llaganini ma’lum qildi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, ikki mamlakat munosabatlarini qiziqtirgan va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Jo Bayden kelishib olgan masalalar ustidan, bir mexanizmning tuzilishi va uning ishlashi bilan bog‘liq Anqaraning Vashingtonga maktub yo‘llaganini ma’lum qildi.

Star gazetasi: Bathari: “Turkiya tajribasiga ehtiyojimiz bor”.-dedi. Ummon bilan Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy va tijoriy munosabatlar oxirgi yillarda jadal tus oldi. Zufar Savdo va sanoat palatasi rahbari Husayin al-Bathari, Ummon sanoatining Turkiya tajribasiga ehtiyoji borligini qayd etdi.  

Hürriyet gazetasi: THY 2021-yili dunyoning 328 nuqtasiga safar uyushtirdi. Turk Havo yo‘llari 2021-yili 40.5 million yo‘lovchiga xizmat qilar ekan, havo flotidagi uchoqlari sonini 373 taga chiqardi. Havo yo‘li shirkati dunyoning 128 davlatida 328 nuqtaga safar uyushtirish orqali, dunyoning eng ko‘p uchgan havo yo‘li shirkati degan nomini saqlab qoldi.   

Haber Türk gazetasi: Istanbulga 11 oyda 7 million 980 ming 311 chet ellik sayyoh keldi. Istanbul yilning 11 oylik davrida 7 million 980 ming 311, noyabr oyida esa 997 ming 620 chet ellik sayyohni mehmon qildi. Istanbulga kelgan chet elliklar orasida ruslar, 92 ming 427 sayyoh orqali birinchi qatorda o‘rin oldi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar