Matbuot sharhlari 08.12.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1744482
Matbuot sharhlari 08.12.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Ko’rfaz davlatlarining xalqi bizning o’z qardoshimizdir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Qatar Amiri Shayn Temim Ibn Hamad Al Sani o’rtasida bo’lib o’tgan muzokaralardan so’ng, ikki davlat vazirliklari o’rtasida ko‘p qirrali Turkiya – Qatar hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 15 ta shartnoma imzolandi.

Erdo’g’an hujjatlarni imzolash marosimidan so’ng Qatar-Turkiya qo’shma harbiy qo’mondonligida bo’ldi.

“Turkiya sifatida Qatar bilan birga Fors ko’rfazi mintaqasining tinchligi va farovonligiga katta ahamiyat beramiz. Biz bu yerlarda keskinlikni ko'rishni istamaymiz. Kelib chiqishi va mazhabidan qat’i nazar, Ko‘rfazdagi barcha xalqlar bizning o’z birodarlarimizdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Yeni shafak gazetasi: “Britaniyadan Turkiyaga taklif: Ittifoq tuzishga tayyormiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Britaniya Mudofaa va Xavfsizlik Forumi Rahbari Olga Maitland, Turkiyaning milliy xavfsizlik sohasida tashlagan shaxdam qadamlariga e’tibor qaratib, Buyuk Britaniyaning Turkiya bilan bu sohada ma'lumot almashishga tayyor ekanligini va Turkiyaning ittifoqchi sifatida qabul qilinishi kerakligini ta'kidladi.

 

Star gazetasi: “Tolibondan turk kompaniyalariga taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Afg‘onistonda Tolibon ma’muriyatining suv va energetika vaziri o‘rinbosari Mujiburrahmon Umar dunyoning turli burchaklaridan kelgan investorlarga, ayniqsa turk investorlariga “Kelinglar, yurtimizga sarmoya kiritinglar” deya taklif kiritdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya 335 ta yo'nalishga parvoz qilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fuqarolik aviatsiyasi sohasida qo’lga kiritilgan katta o'zgarishlar bilan "Dunyoda eng ko’p parvoz yo’nalishiga" ega davlatlardan biri bo'lgan Turkiya 2003 yilda 50 mamlakatda 60 ta yo’nalishga parvoz qilgan bo'lsa, bugunga kelib, 128 mamlakatda 335 yo’nalishga havo reyslarini amalga oshirmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “MSC Cruises 2022 yilda Turkiyaga qaytadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya 2022 yilning yozida MSC Cruisesning O'rta yer dengizi yo'nalishiga qaytadi. Aydinning Kushadasi tumani dengiz ta'tiliga chiqqan mehmonlar uchun birinchi marta yo’lga otlanadigan portiga aylanadi.

“Biz Turkiyaga qaytganimizdan juda xursandmiz”, -dedi MSC Cruises boshqaruvchi direktori Anjelo Kapurro.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar