Matbuot sharhlari 06.12.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1743281
Matbuot sharhlari 06.12.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Turk ayollari Yevropadan oldinroq ko'p huquqlarga ega bo'lgan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an turk ayollarga saylash va saylanish huquqi berilganining 87 yilligi munosabati bilan videomurojaat yo’lladi.

Erdo'g'an o'z murojaatida turk ayollarining Yevropadan oldinroq ko'p huquqlarga ega bo'lganini ta'kidladi.

 

Star gazetasi: “BMTdan Istanbul qarori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) muhim global operatsiyalar bo'linmalarini Jenevadan Istanbulga ko'chirishga qaror qildi. Dastlab, Gumanitar Koordinatsiya Ofisi (OCHA) Turkiyaga ko'chib o'tdi.

Gumanitar Koordinatsiya Ofisi bilan birgalikda BMTning yana 8 ta muhim agentligi Istanbulda oʻz vakolatxonalarini ochishga harakat qilmoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yavuz Selim Kiran, " Gumanitar Koordinatsiya Ofisining ochilishi Istanbulni BMT qarorgohiga aylantirish maqsadimiz yo'lida muhim qadam bo'ladi",- dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “25 yillik tanaffusdan so'ng Liviyadan birinchi kruiz kemasi Izmirga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

25 yillik tanaffusdan so'ng Turkiya va Liviya o'rtasida yo'lga qo'yilgan kema safarlarining birinchi reysi Izmirga yetib keldi va Alsancak portiga langar tashladi.

Haftada bir marta amalga oshiriladigan kruiz kema safarlarining birinchisida Izmirga 112 yo'lovchi yetib keldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Barselona konventsiyasi ishtirokchilarining 22-konferentsiyasi Antaliyada bo’lib o’tadi” saerlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Barselona konventsiyasi ishtirokchilarining 22-konferentsiyasi (COP 22) 7-10 dekabr kunlari Antaliyada bo'lib o'tadi.

Sammitda O'rta Yer dengizida ifloslanish, biologik xilma-xillikning yo'qolishi, begona turlarning mavjudligi va iqlim o'zgarishi muhokama qilinadi.

Turkiya anjuman yakunida Italiyadan "Barselona Konventsiya Kotibiyat Byurosi" vazifasini o'z zimmasiga oladi.

 

Sabah gazetasi: “Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi Yevropa qit’asidagi eng go‘zal shaharchalarni tanladi. Mazkur ro‘yxatda ham Turkiya bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  Yaponiya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi (JATA) Yevropaning eng go‘zal 30 ta shahrini tanladi. Bu roʻyxatga Turkiyadan Bursaning Goʻlyazi shaharchasi ham kiritildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar