Matbuot sharhlari 01.12.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1741377
Matbuot sharhlari 01.12.2021

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo‘g‘anning Makronga chiqishi. TRT kanalida kun tartibini baholagan Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an DEAShni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan bir necha dalil va Sud qarori bilan ro‘yhatga olingan Fransiyaning sement shirkati Lafarga haqida bayonot berdi. Erdo‘g‘an bu vaziyat haqida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga aytganini belgilab o‘tgan holda, “Laferganing qo‘llab-quvvatlashi bilan terror tashkiloti bu yerda faoliyatlar olib bordi. Ya’ni, bexabardek bunday ishlarga qo‘l urmoqda. Kamiga bundan qutilishga urinmoqda. Afsuski ular mana shunaqa, ikki yuzlamachi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.    

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Aliyevga ta’ziya izhor etdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qilib, Ozarbayjonda harbiy vertolyotning qulashi oqibatida shahid bo‘lgan askarlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Vatan gazetasi: Shento‘p: Falastin davlatini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p, “Falastin masalasida munosabatimiz o‘rtada. Bu erkin va mustaqil, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlatini har doim qo‘llab-quvvatlaymiz”.-dedi.

Sabah gazetasi: Turkiya iqtisodiyoti G-20 tarkibida liderlikka ko‘tarildi. Turkiya iqtisodiyoti 2021-yilning uchinchi choragida 7.4 foizga o‘sdi. Turkiya e’lon qilingan uchunchi chorak o‘sish raqami bilan G-20 tarkibida liderlikka ko‘tarildi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tarkibidagi davlatlar orasida esa Turkiya iqtisodiyoti ikkinchi qatorda o‘rin oldi.   

Star gazetasi: Varank: Turk Antarktika ilmiy bazasi uchun kerakli faoliyatlar davom etmoqda. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Turk Antarktika ilmiy bazasining qurilishi uchun kerakli faoliyatlarning to‘xtamay davom etganini belgilab o‘tgan holda, bazaning kontseptsiya dizaynini tamomlaganliklarini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar